516
bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan
o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi.
O‘quv semestri - oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining
yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum
majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy
nazorat bilan tugallanadigan qismi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda
harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma
va malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va
voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yorda-
mida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon
qilinishi.
Hisobga olish - ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Huquqiy madaniyat - shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning
o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining
sifat ko‘rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning
moddiy hayot tarzi bilan
belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib,
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-
huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma
va
malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror
toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon.
Huquqiy ta’lim - o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar
hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risidagi tizim-
langan bilimlarni berish, ularda huquqiy
bilimlarni egallashga
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish
jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: