Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Jamoa an’analari - jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat. 
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a’zolari o‘rtasidagi 
shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, 
shuningdek, jamoada mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim shaxslar 
o‘rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni. 
Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli ko‘rinishdagi jamoa 
faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy jihatlari. 
Jinsiy tarbiya - o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ular-
ni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik 
qilish va mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik 
faoliyat mazmuni. 
Jismoniy tarbiya - o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy 
sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat 
hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi. 
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.


496 
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” - moslashish) – 
anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy 
qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi. 
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishti-
rok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga 
moslashuvi. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o‘quvchilarda 
ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakl-
lantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir 
ko‘rsatish usullari. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling