Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Missiy bilish - sezgilar, idrok, tasavvur orqali. 
Ratsional bilish tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalar-
dan o‘tib nazariyalarda o‘rin oladi. Shu bilan birga bilish – kunda-
lik, badiiy, ilmiy bo‘ladi. Ilmiy bilish tabiatni va jamiyatni bilishga 
ajraladi. 
Birlamchi modul - pedagogik texnologiyani uning biror dara-
jasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va 
o‘z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul
to‘plami. 
Vatanparvarlik (lotincha “patriotes” – vatandosh, “patris” – 
vatan, yurt) - shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan 
vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda 
uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak 
insoniy fazilat. 
Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida 
(og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish. 
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o‘rganish) – 
bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, 


494 
uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan 
borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot. 
Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik 
xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi
hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat 
qiluvchi tasviriy belgilar majmui. 
Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar 
bitiruvchilar erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi 
asosiy hujjat; 2) o‘quv fani bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini 
belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining 
minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining 
maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajalariga qo‘yiluvchi talablar. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling