Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va 
rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat
muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga 
singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari 
va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 


491 
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘-
risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri 
va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Absolyut va nisbiy haqiqat - bilish jarayonining taraqqiyotini 
belgilovchi kategoriyalar. Nisbiy haqiqat o‘sib absolyut haqiqatga 
aylanadi. 
Abstrakt tafakkur - narsa va hodisalarning bevosita idrok 
qilish mumkin bo‘lmagan xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari, 
qonuniyatlari haqidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash turi. 
Bunda mavhum tushunchalar hosil qilinadi. 
Abstrakt tushuncha - narsa va hodisalarning mavhum belgi, 
xususiyat, sifat va o‘zaro munosabatlarini aks ettiradigan tushun-
chalar. 
Avtoritar pedagogika (avtoritar pedagogik texnologiya)
ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlikda o‘qituvchining obro‘siga 
asoslanish, unga o‘quvchilarning ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz itoat etish-
lari. Bunda o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlashlari, shunday 
harakatlar qilishlari cheklangan bo‘ladi. 
Avtoritet - shaxsning boshqalar e’tirof qilgan obro‘si, fazilati, 
boshqalarga nisbatan ta’siri va ular tomonidan qadrlanishi. 
Avtoritet chin yoki soxta bo‘ladi. 
Adaptiv mashg‘ulot - o‘quvchining tashqi muhitga, jamoaga, 
mehnat vazifalarini bajara olishga moslashuvini ta’minlashga 
qaratilgan mashg‘ulot. 
Atama - tabiiy tildagi so‘z yoki so‘z birikmalari (real yoki 
abstrakt narsalarni ifodalovchi). Atamaning u yoki bu kontekstdagi 
ma’nosi to‘g‘risidagi masala doim muhokama qilinadi, chunki 
odatdagi til ko‘p ma’noli. Odatdagi til ko‘p ma’noli bo‘lgani 
sababli, atamaning har bir holatdagi qo‘llanilishi ma’nosi 
muhokama qilib boriladi.Bir fan yoki ilmiy nazariyada atamalar 
bitta ma’noda ishlatiladi.Atamalar nazariy, empirik turlarga ajrati-
ladi. Nazariy atamalar tajriba bilan asoslangan, empirik atama esa 
tajriba orqali tasdiqlangan xulosalarga tegishli bo‘ladi. 


492 
Baynalminallik (“inter” – orasida, o‘rtasida, aro, “natio” – 
xalq) – o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, 
an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat 
qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi 
shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat. 
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamen-
tal va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil 
davom etadigan tayanch oliy ta’lim. 
Bashoratlash - bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variant-
larini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng 
ma’qulini tanlab olish.
Baho - ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni 
o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish 
maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi. 
Bilim olish - borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va 
muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, 
malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomil-
lashib, boyib borish jarayoni. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling