Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


KOMPYUTERNING О‘QITUVCHILIK VAZIFASINI


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

KOMPYUTERNING О‘QITUVCHILIK VAZIFASINI 
BAJARISHI QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON 
BО‘LADI: 
• о‘quv axborotining manbai (о‘qituvchini yoki darslikni qisman, 
ba’zan tо‘la о‘rnini bosuvchi sifatida); 
• kо‘rgazmali qо‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya 
imkoniyati bо‘lgan yangi sifat darajasida); 
• individual axborot fazosining yaratilganligi; 
• mashq qildirgich; 
• о‘quvchi bilimi, kо‘nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti. 
I ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 
• matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti
• matnlar muharriri; 
• grafiklar quruvchi va ularning muharriri; 
• keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli 
kо‘rinishda ifoda etuvchi); 
• modellashtirish vositasi. 
Kompyuterning ta’lim obyekti sifatidagi vositachilik vazifasi: 
• dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bо‘yicha kompyuter 
yordamida о‘qitish); 
• dasturiy mahsulotlarni yaratish; 
• turli axborot muhitidan foydalanish. 


466 
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan 
bog‘lanish va uning natijasi sifatida о‘zaro muloqotlashuvchi 
jamoa muhiti yaratiladi. 
Kompyuter texnologiyalari asosida о‘qituvchi о‘zining kasbiy 
mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni 
bajarishi lozim: 
1. О‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (о‘quv 
jarayonining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat 
va boshqalar) sifatida tashkil etish. 
2. О‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiq-
lashtirish, ish joylarini taqsimlash, kо‘rsatmalar, guruh ichida 
boshqarish va boshqalar. 
3. О‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam 
kо‘rsatish, har bir о‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. 
Kompyuter yordamida eshitish va kо‘rish imkoniyatlari, individual 
о‘qitishning eng samarali shakllariga erishiladi. 
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, 
о‘quv va namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar 
va tizimlar, о‘quv-metodik kо‘rsatma, qо‘llanmalar va boshqalar) 
ma’lum о‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik 
asosida tayyorlanadi. 
Mustaqil ta’limni ta’minlashda о‘qituvchilar kompyuter 
texnologiyasi (kompyuter savodxonligi) mazmunining quyidagi 
tuzilmalari tо‘g‘risida ma’lumotga ega bо‘lishlari kerak: 
• informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini 
bilishi; 
• kompyuter texnikasining funksional imkoniyatlarini bilishi; 
• zamonaviy operatsion tizimlarni bilish va ularning asosiy 
buyruqlarini о‘zlashtirishi; 
• zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tizimlarni (Norton 
Commander, Windows, ularning versiyalarini) bilish va ularning 
vazifalarini о‘zlashtirishi; 
• kamida bitta matn muharriri bilan tanish bо‘lishi; 


467 
• algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastlabki 
tushunchalarga ega bо‘lishi; 
• amaliy dasturlardan foydalanish tо‘g‘risida dastlabki tajribaga 
ega bо‘lishi. 
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foyda-
lanish о‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda: 
− о‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy
metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bо‘ladilar; 
− uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasa-
larining ilmiy laboratoriyalari bilan tanishadilar; 
− turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va 
amalga oshirishga erishiladi; 
− о‘qituvchilarning о‘zaro seminar va treninglari о‘tkaziladi;
− masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga о‘xshash 
juda kо‘p imkoniyatlarga ega bо‘ladilar.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari 
tizimiga tatbiq etish о‘quv jarayonida zamonaviy о‘qitish 
metodlarini qо‘llashga hamda о‘qituvchi pedagogik mahoratini 
namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling