Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
 5. Pedagogik texnika 
Hozirgi zamon pedagogika fani o‘qituvchining pedagogik 
mahorat tizimida pedagogik texnikaning ro‘li beqiyos deb biladi. 
Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, 
pontamimika) his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, 
ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv 
faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini 
tushuntiradi. 
O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik, panto-
mimik ifodalar ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va 
pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli 
qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida 
namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi, tarbiyachining pedagogik ta’sir 


454 
ko‘rsatishida, o‘quvchi mashg‘ulotlarini samarali va mazmunli 
o‘tishi uchun puxta zamin yaratib beradi.
Mimika bu - o‘z fikrlari, kayfiyati,holati, hissiyotini yuz 
muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan 
yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini 
kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. 
O‘quvchilar o‘qituvchiga qarab uning kayfiyatini, munosabatini “ 
o‘qib” oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quvchi 
mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida
mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarga faqat dars 
mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, o‘quvchi tarbiya topshiriqlarini 
yechishga yordam bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim. 
Yuz ifodasi, nutq, munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak.U 
ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, 
qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi 
mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qosh, ko‘z, yuz 
ko‘rinishi ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz o‘quvchilar javobidan 
qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e’tirof, norozilik, 
qoniqmaslik, hafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalasa o‘qituv-
chilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga halaqit bermasdan 
o‘quvchi-tarbiya ishlarini olib borishga yordam beradi. Shuni ham 
alohida qayd qilib o‘tish joizki, mimik ifodalar namoyish 
qilinayotgan paytda o‘qituvchining nigohi o‘quvchilarga, yoki 
ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka, 
derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik 
ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling