Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Mahorat bu – yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va 
o‘qitish san’atidir. Mahorat faoliyat jarayonida shakllanadi va 
takomillashadi. U ishbilarmonlik, zukkolik, layoqat va zehn 
vositasida rivojlanib boradi. Bu xususiyatlarning barchasi faoliyat
jarayonida tarkib topib boradi.
"Faoliyat – deb yozgan edi, akademik A.N.Leontev – dunyoni 
o‘zlashtirishning birinchi shartidir". Shunday ekan pedagogik 
mahoratni shakllantirishi va rivojlantirishda faoliyat yetakchidir.
Pedagogik mahoratni egallashda o‘qituvchining pedagogik 
faoliyati asosiy ro‘l o‘ynaydi. Pedagogik mahorat pedagogik 
faoliyat bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchining 
kasbiy mahorati va mehnati orqali qo‘lga kiritiladi, mehnat esa, 
faoliyatning tarkibiy qismlari (o‘qish, ijtimoiy ish, o‘yin, sport 
mashg‘ulotlari va h. k.) dan biri hisoblanadi. Shu asosda peda-
gogik faoliyat o‘qituvchi mehnatining istiqboli, texnologiyasi, 
vazifalari va ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuidir. Pedagogik 
mahoratni shakllantirish muayyan sohani mukammal egallash, 
nazariy, amaliy ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘lish, kasbiy tayyor-
garlik ustida tinmay ishlashdan iborat. Pedagogik mahoratning
betakror, noyob, mohir ustasi bo‘lish uchun o‘qituvchi – 
tarbiyachiga ilhom, ijod va o‘z kuchiga ishonch bo‘lishi kerak. 
Mana shu ilhom, ijod va ishonchni yo‘lga qo‘yuvchi, uning
imkoniyatlarini to‘la ishga soluvchi kuch faoliyatdir. Pedagogik 
mahoratni shakllantirishda pedagogik faoliyat muhim o‘rin tutadi. 
Faoliyat to‘la ma’noda usullar, xolatlar, shakllarning umumlashgan 
tizimidan iborat bo‘lib, u xar xil sharoitlarda ham mavjud bo‘ladi. 
Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, 
usul, vosita, obyekt va subyektdan iborat. 
Pedagogik maqsad – o‘qitish, tarbiyalash va shu asosda 
talabalar shaxsini shakllantirishdan iborat. Usul esa tarbiya-
lanuvchilar obro‘sini egallash, hurmatiga sazovor bo‘lishi va ta’sir 
ko‘rsatishdir. Pedagogik mehnatning obyekti sifatida – o‘qituvchi
shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob – axloqining 
asosi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat subyekti esa – 


443 
tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi – pedagogning o‘zi. Chunki, 
u o‘quvchi – talabalarga tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari
to‘g‘risida ma’lumot berish uchun, avvalo, ularni o‘z faoli-
yatining obyektiga aylantiradi. Shu tariqa bilimlar o‘zlashtiriladi, 
o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchi - talabalarga yetkaziladi. Peda-
gogik mahorat – bu o‘qituvchi – tarbiyachining kasbiy va shaxsiy 
faoliyati natijasining umumlashmasi sifatida, muayyan bilim, 
ko‘nikma, malakalar yig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi – talabalarda
o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash jarayonida diqqatlarini aniq taqsim-
lash, bilim, ko‘nikmalarini, psixik holatlarini boshqara olish va 
pedagogik texnika madaniyatini o‘zlashtirish malakalarini 
shakllantiradi.
Albatta, bu malakalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim 
tizimining turlari, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining o‘rni 
beqiyos. O‘zining aql – zakovati, ilmiy salohiyati, ma’naviyati, 
madaniyati bilan milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlashda, ozod
va obod Vatanni qurishda yonib yashaydigan shaxs bo‘lib 
shakllanadi va ta’lim islohotlari hujjatlarida belgilangan vazifa-
larini bajarishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shunday qilib, insonning
ma’naviy yuksalishi, hayotiy tajribasi, bilimi, xatti-harakati, odob 
– axloqi, kasbiy mahorati, shakllanib takomillashib boradi. Bu esa
pedagoglarning kasbiy mahoratini shakllantirishning ilmiy, 
nazariy, amaliy jihatdan o‘qitishni yanada yuksaltirish, uning
samaradorligini oshirishga da’vat etadi.
O‘qituvchilik kasbi murakkab va mas’uliyatli kasbdir. Ushbu 
kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u 
doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda 
bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy 
jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, o‘quvchi 
bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun
muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni
mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib
borishi kerak. Bu o‘qituvchidan pedagogik, psixologik va metodik 
tayyorgarlikni talab etadi. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni 
puxta ilmiy, nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy 


444 
bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarga 
ega qilish, tarbiyalash albatta oson ish emas.
O‘qishga ilmiy, ongli munosabat bilan qaraydigan, mustaqil
fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlarni egallagan, aqliy mehnat 
madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetka-
zish muhim va davlat ahamiyatidagi vazifadir. Buning uchun: 
1. Pedagog – kasbiy faoliyatning pedagogik yo‘nalishlarini 
aniq belgilay oladigan shaxs bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida 
jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, pedagogik mahorat 
asoslarining zamonaviy pedagogikaning ilg‘or g‘oyalari zaminida 
shaxsga insonparvarlik nuqtayi – nazaridan yondoshish imkonini 
beradi.
2. Pedagog – pedagogik jarayonni aniq tashkil qilishi, bosh-
qarishi, kutilayotgan natijalarni oldindan loyihalashi va uni ro‘yob-
ga chiqarish texnologiyasini, shuningdek, pedagogik jarayonda 
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni oldindan ko‘ra 
bilishi va ularni bartaraf etish uchun tayyor bo‘lishi kerak.
− 
O’qituvchi 
pedagogik
faoliyati 
jarayonida
ma’naviy barkamol,ijodkor, ishbilarmon bo‘lishi
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni bilishi
dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi
faoliyati jarayonida bolalarni yaxshi ko‘radigan, ularni 
yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan
psixologik pedagogik va nazariy ilmlarni mukammal 
egallagan
o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida 
kamol topishiga ko‘maklashadigan
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, 
odob axloqli,diyonatli bo‘lishi


445 
Buning uchun o‘qituvchidan pedagogik mahorat talab qilina-
di. Pedagogik mahoratni shakllantirishning birinchi sharti, faoli-
yatdir. Faoliyatga intilish har bir kishida juda barvaqt paydo 
bo‘ladi va hayot davomida takomillashib boradi, insonga qoniqish, 
mamnuniyat bag‘ishlab, kasbning haqiqiy egasi va maftunkori 
bo‘lishga zamin yaratadi. O‘qituvchining bunday faoliyatiga 
quyidagilar kiradi. 
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh 
avlodga ta’lim berish va tarbiyalash g‘oyat murakkab va ko‘p 
qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega 
bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shuning 
uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun chinakam
murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va 
chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy–siyosiy saviyasini, 
pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, 
mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, 
haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan – naslga 
o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy 
mehnat yotadi. Shunga asosan pedagogik mahorat hamma 
o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir 
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil 
topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik 
mahorati va tajribalarini boshqa o‘qituvchi o‘rganishi, undan ijodiy 
foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling