Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik maqsad
Mahorat bu – yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va
o‘qitish san’atidir. Mahorat faoliyat jarayonida shakllanadi va takomillashadi. U ishbilarmonlik, zukkolik, layoqat va zehn vositasida rivojlanib boradi. Bu xususiyatlarning barchasi faoliyat jarayonida tarkib topib boradi. "Faoliyat – deb yozgan edi, akademik A.N.Leontev – dunyoni o‘zlashtirishning birinchi shartidir". Shunday ekan pedagogik mahoratni shakllantirishi va rivojlantirishda faoliyat yetakchidir. Pedagogik mahoratni egallashda o‘qituvchining pedagogik faoliyati asosiy ro‘l o‘ynaydi. Pedagogik mahorat pedagogik faoliyat bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchining kasbiy mahorati va mehnati orqali qo‘lga kiritiladi, mehnat esa, faoliyatning tarkibiy qismlari (o‘qish, ijtimoiy ish, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va h. k.) dan biri hisoblanadi. Shu asosda peda- gogik faoliyat o‘qituvchi mehnatining istiqboli, texnologiyasi, vazifalari va ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuidir. Pedagogik mahoratni shakllantirish muayyan sohani mukammal egallash, nazariy, amaliy ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘lish, kasbiy tayyor- garlik ustida tinmay ishlashdan iborat. Pedagogik mahoratning betakror, noyob, mohir ustasi bo‘lish uchun o‘qituvchi – tarbiyachiga ilhom, ijod va o‘z kuchiga ishonch bo‘lishi kerak. Mana shu ilhom, ijod va ishonchni yo‘lga qo‘yuvchi, uning imkoniyatlarini to‘la ishga soluvchi kuch faoliyatdir. Pedagogik mahoratni shakllantirishda pedagogik faoliyat muhim o‘rin tutadi. Faoliyat to‘la ma’noda usullar, xolatlar, shakllarning umumlashgan tizimidan iborat bo‘lib, u xar xil sharoitlarda ham mavjud bo‘ladi. Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, usul, vosita, obyekt va subyektdan iborat. Pedagogik maqsad – o‘qitish, tarbiyalash va shu asosda talabalar shaxsini shakllantirishdan iborat. Usul esa tarbiya- lanuvchilar obro‘sini egallash, hurmatiga sazovor bo‘lishi va ta’sir ko‘rsatishdir. Pedagogik mehnatning obyekti sifatida – o‘qituvchi shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob – axloqining asosi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat subyekti esa – 443 tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi – pedagogning o‘zi. Chunki, u o‘quvchi – talabalarga tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun, avvalo, ularni o‘z faoli- yatining obyektiga aylantiradi. Shu tariqa bilimlar o‘zlashtiriladi, o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchi - talabalarga yetkaziladi. Peda- gogik mahorat – bu o‘qituvchi – tarbiyachining kasbiy va shaxsiy faoliyati natijasining umumlashmasi sifatida, muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisidan iborat. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi – talabalarda o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash jarayonida diqqatlarini aniq taqsim- lash, bilim, ko‘nikmalarini, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika madaniyatini o‘zlashtirish malakalarini shakllantiradi. Albatta, bu malakalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimining turlari, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. O‘zining aql – zakovati, ilmiy salohiyati, ma’naviyati, madaniyati bilan milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlashda, ozod va obod Vatanni qurishda yonib yashaydigan shaxs bo‘lib shakllanadi va ta’lim islohotlari hujjatlarida belgilangan vazifa- larini bajarishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shunday qilib, insonning ma’naviy yuksalishi, hayotiy tajribasi, bilimi, xatti-harakati, odob – axloqi, kasbiy mahorati, shakllanib takomillashib boradi. Bu esa pedagoglarning kasbiy mahoratini shakllantirishning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan o‘qitishni yanada yuksaltirish, uning samaradorligini oshirishga da’vat etadi. O‘qituvchilik kasbi murakkab va mas’uliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, o‘quvchi bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu o‘qituvchidan pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlikni talab etadi. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy, nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy 444 bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarga ega qilish, tarbiyalash albatta oson ish emas. O‘qishga ilmiy, ongli munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlarni egallagan, aqliy mehnat madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetka- zish muhim va davlat ahamiyatidagi vazifadir. Buning uchun: 1. Pedagog – kasbiy faoliyatning pedagogik yo‘nalishlarini aniq belgilay oladigan shaxs bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, pedagogik mahorat asoslarining zamonaviy pedagogikaning ilg‘or g‘oyalari zaminida shaxsga insonparvarlik nuqtayi – nazaridan yondoshish imkonini beradi. 2. Pedagog – pedagogik jarayonni aniq tashkil qilishi, bosh- qarishi, kutilayotgan natijalarni oldindan loyihalashi va uni ro‘yob- ga chiqarish texnologiyasini, shuningdek, pedagogik jarayonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi va ularni bartaraf etish uchun tayyor bo‘lishi kerak. − O’qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida ma’naviy barkamol,ijodkor, ishbilarmon bo‘lishi milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni bilishi dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi faoliyati jarayonida bolalarni yaxshi ko‘radigan, ularni yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan psixologik pedagogik va nazariy ilmlarni mukammal egallagan o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashadigan erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odob axloqli,diyonatli bo‘lishi 445 Buning uchun o‘qituvchidan pedagogik mahorat talab qilina- di. Pedagogik mahoratni shakllantirishning birinchi sharti, faoli- yatdir. Faoliyatga intilish har bir kishida juda barvaqt paydo bo‘ladi va hayot davomida takomillashib boradi, insonga qoniqish, mamnuniyat bag‘ishlab, kasbning haqiqiy egasi va maftunkori bo‘lishga zamin yaratadi. O‘qituvchining bunday faoliyatiga quyidagilar kiradi. Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy–siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan – naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shunga asosan pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o‘qituvchi o‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling