Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
O‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
O‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga
quyidagilar kiradi: − O‘quvchini tushunishini ko‘rish va sezish hamda bunday tushinishning darajasini va xarakterini o‘rganish qobiliyati; − O‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o‘qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati; − Materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga tushunarligini ta’minlash qobiliyati; − Talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati; − O‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati; − O‘quvchilaning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; − O‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; − Mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. − Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: − Boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘la olish qobiliyati (empatiya qobiliyati); − Taqlid qilish uchun na’muna bo‘lish qobiliyati; − Tarbiya jarayonida individual xususiyatlarini inobatga olish qobiliyati; − Muloqatning lozim topilgan uslubini hamda o‘z o‘rnini topish, kelisha olish qobiliyati; − Hurmat qozonish, ya’ni talabalar o‘rtasida obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati. 448 Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqatga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi. O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar. Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o‘zaro aloqalar doi- rasida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bi- limlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki bu kechiktirib bo‘lmas jara- yon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixo- logik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimla- rini oshirishi bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo‘larkan, u odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling