Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik – psixologik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
2. Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik – psixologik 
tasnifi 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik 
mahoratga ega bo‘lishi zarur. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud 
bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori biri o‘rta va biri quyi
darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata
olmaymiz. Maktab o‘qituvchisining faoliyati inson shaxsini 
tiklantirishga qaratilgan. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo 


446 
bo‘ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlantirish esa layoqat, zehn, 
iste’dod ya’ni inson asab tizimida anatomik – fiziologik xususiyat 
bo‘lishi ham zarur. O‘qituvchining ba’zi psixik protsesslari unda
shaxsga xos sifatlarining shunday kompleksini tashkil qiladiki, 
buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. 
O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qara-
tilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy 
va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak va shu bilan 
birga eng murakkab vazifadir. O‘qituvchi (pedagog, muallim, 
ustoz) – maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan va pedagogik faoliyat
bilan (professional) shug‘ullanuvchi inson. O‘qituvchilik kasbini 
tanlagan inson hamma narsani biladi va hamma narsaga javobgar. 
O‘qituvchilik vazifasi uning har bir o‘sib kelayotgan avlod
jamiyat, davlat taqdiri uchun javobgarligi bilan xarakterlanadi. 
O‘qituvchi ta'lim–tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir. 
O‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi asosan o‘qituv-
chiga, uning kasbiga, iymon–e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Shuning uchun o‘quvchilar tarbiyasiga oid pedagogik ishlar
maxsus uyushqoqlik hamda muayyan malaka va ko‘nikma-
larnigina emas, balki pedagogik qobiliyatlari darajasiga taalluqli
bo‘lgan psixik xususiyatlari ham mavjud bo‘lishi kerak.
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va 
uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi subyektiv shart – sharoitini 
ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. O‘qituvchining 
kasbiy faoliyati favqulotda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab 
etadi. Kasbiy pedagogik faoliyatning muaffaqiyati, xususiy peda-
gogik qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning 
quyidagi guruhlari farqlanadi: 

 
O‘quvchiga nisbatan sezgirlik; 

 
Kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrxohlik, 
xushmuomilalik; 

 
Perseptiv qobiliyatlar – kaspiy yetuklik, empatiya, peda-
gogik tuyg‘u; 

 
Shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy 
ishontira olish qobiliyati; 


447 

 
Hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish; 

 
Kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. 
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilish, malaka va
ko‘nikmalarini egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati 
ham tegishlidir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling