Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – kommunikativ qobiliyatning


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
4. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – kommunikativ qobiliyatning 
asosiy usuli sifatida 
Pedagogik ta'sir ko‘rsatish – tarbiyalanuvchiga ongli intizom va 
mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum 
bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam 
va tizimli ta'sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy–tarixiy tajribalariga 
yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq–
atvori va dunyoqarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan 
maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq–atvorni 
xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘nal-
tirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosida 
tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his–
tuyg‘ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan 
ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar 
hosil bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan 


449 
pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullariga: talab, istiqbol, 
jamoatchilik fikri, rag‘batlantirish va jazolash kabilar kiradi.
Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun 
o‘qituvchi: 
• 
o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; 
• 
munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini
oldindan bilishi; 
• 
bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat 
o‘rnatish; 
• 
munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar 
asosida oqilona boshqarish; 
• 
munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib 
borishi lozim. 
Ijtimoiy – psixologik tekshiruvchilar pedagogik muloqot 
malakasida ikkita asosiy kommunikativ ta’sir etish turlarini ajrata-
dilar: ishonch hosil qilish va ishontirish. Pedagogning har bir hara-
kati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari, faoli-
yatlarini shakllantirishga, ya'ni ularning psixikasi va xulqiga har 
tomonlama ta’sir etishga qaratiladi. Lekin ishonch hosil qilish va 
ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta’sir etishning har 
bir yo‘li o‘z spetsifik xarakteriga ega. Ishonch hosil qilish yangi qa-
rashlar, munosabatlarni shakllantiradi, noto‘g‘ri qarashlar va muno-
sabatlarni o‘zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllariga: disputlar, 
diskussiya, suhbat, o‘qituvchi himoyasi, shaxsiy namuna kiradi.
Ishonch hosil qilishda o‘zaro ta’sir qilish metodi sifatida 
maksimal ta’sirli bo‘lishi uchun, u bir qancha shartlarga rioya qilish 
kerak: 

 
ishonchning mazmuni va shakli bolalarning yosh xususi-
yatlariga mosligi; 

 
ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqa-
rashiga mosligi; 

 
tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda avvalo o‘zi shu 
narsaga nisbatan ishonch hosil qilishi. 
Ishonch hosil qilishning natijasi o‘qituvchining so‘zlari va
harakatlariga ham bog‘liq. Tarbiyachining so‘zi va harakatlari


450 
bir-biriga mos tushishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl ustida
bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki
biror nima va’da qilib, o‘z so‘zining ustida turmaydi. Bolalar 
bunday pedagogning so‘zlariga ahamiyat bermay qo‘yadilar. 
Yanayam yomoni, agar o‘qituvchi balandparvoz, to‘g‘ri so‘zlarni 
gapirsa – yu, lekin kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday 
o‘qituvchilar jamiyatga zarar yetkazadilar. Ishontirishning yuqori 
effekti o‘quvchilarning olgan bilimlarining mustahkamlaydigan
mashqlari (ruhini tetiklash, to‘g‘ri xulq hosil qilish) orqali hosil 
bo‘ladi. Ishontirishning usulini boshqatdan tarbiyalash, ya'ni qarash 
va muomalarni hosil qilish maqsadida qo‘llash mumkin. Isbotlash
shaxs dunyoqrashining yetakchi struktura elementi bo‘lib, 
ishontirishning o‘zagi bo‘lgan bilimlar hisoblanadi. Isbot orqali 
bilim egallayotgan o‘quvchida unga to‘g‘ri kelmaydigan hamma
ishontirishni qattiqqo‘llik, isbotlash yo‘li bilan qaytara olish 
qobiliyati rivojlanadi. Pedagogik ta’sir qilish usuli bo‘lgan
ishontirish bilan birga pedagogik jarayonda ta’sir etish ham 
o‘ziga xos o‘rniga ega. Ta’sir etish – odamlarning ish va muomala 
jarayonida bog‘liqlikni belgilaydigan vositalarning biri. Uning 
asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u odamning psixikasiga va 
xarakteriga o‘zi bilmagan holda ta’sir qiladi, shaxsning psixika 
strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida
ko‘rinadi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling