Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yiladigan talablar. 
Komenskiy o‘z davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni 
qattiq tanqid etdi. o‘qituvchilikni Yer yuzidagi har qanday 
kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb 
hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan yangi ilg‘or qarash edi, chunki 


435 
o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. 
Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab 
etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda muhim vazifani 
bajarayotganini tushunib olishi va o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib 
olishi lozimligini uqtiradi. o‘qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, 
axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga otalardek 
muomala qilishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi lozim. “o‘zi” 
namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi o‘qituvchining 
birinchi vazifasidir” - degan edi.
Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo‘lib, jahon 
madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozir-
gacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
 
2. Adolf Disterveg (1790‒1866) 
Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adol’f Disterveg 
Vestfaliyadagi sanoat shaharchasi Zigenda chinovnik-yurist oila-
sida tug‘ildi. Distervegning o‘zi o‘rta maktabda o‘qigan 
chog‘idayoq dogmatik ta’limdan umrbod nafratlanadigan bo‘lib 
qolganligini aytadi. U 1808-yilda Gerborn universitetiga kirib 
o‘qidi, matematika, falsafa va tarixni o‘rgandi, so‘ngra Tyubingen 
universitetiga o‘tdi va uni 1811-yilda tamomladi, keyinroq borib 
esa falsafa fanlari doktori unvonini oldi. 
U xalqqa ma’rifat berish ishiga o‘zini bag‘ishlashga qaror qildi 
va dastlab Mers-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilik 
seminariyalariga uzoq vaqt boshchilik qildi, ularni namunali 
seminariyalarga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Disterveg semina-
riyada pedagogika, matematika va nemis tilidan dars berdi, ayni 
vaqtda shu seminariyalar huzuridagi boshlang‘ich tajriba maktab-
larida ham o‘qituvchilik qildi. Disterveg pedagoglik sohasida 
samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarini 
ham zo‘r muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U “Nemis 
o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma” degan kitobni nashr 
qildirdi (1835), bu kitobda Disterveg ta’limning umumiy 
vazifalarini va printsiplari to‘g‘risidagi o‘zining progressiv 
qarashlarini bayon qilib berdi, shuningdek, u matematika, nemis 


436 
tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir 
yigirmadan ortiq darslik va qo‘llanmalar nashr qildi; bu darsliklar 
va qo‘llanmalar Germaniyada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda 
katta shuhrat qozondi. 
Disterveg hayot chog‘idayoq asarlari Rossiyada mashhur bo‘l-
gan edi. Chunonchi, 1862-yilda uning “Elementar geometriya”si 
rus tilida nashr etildi; Rossiyaning ilg‘or pedagoglari bu kitobni 
boshlang‘ich maktablarda geometriya o‘qitish uchun eng yaxshi 
qo‘llanma deb hisobladilar. 
Disterveg 1827-yildan to umrining oxirigacha “Tarbiya va 
ta’lim uchun Reyn varaqalari” degan jurnal chiqarib turdi. U bu 
jurnalda pedagogikaning turli masalalariga doir to‘rt yuzdan ortiq 
maqolasini bostirdi. Disterveg boshlang‘ich maktablarning o‘qituv-
chilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. U 
nemis xalq o‘qituvchilarini birlashtirish uchun juda ko‘p ish qildi. 
Disterveg hayot chog‘idayoq “nemis muallimlarining mualli-
mi” degan faxrli unvonga sazovor bo‘ldi. Disterveg umrining oxirgi 
kunlariga qadar progressiv ijtimoiy pedagogika ishlari bilan 
shug‘ullandi. Disterveg vabo bilan og‘rib, 1866-yilda vafot etdi. 
Disterveg Germaniyada toifaviy maktab tarafdorlari bilan hamma 
uchun barobar bo‘lgan umumiy maktab tarafdorlari o‘rtasida avj 
olib ketgan kurashda aktiv qatnashdi. Toifaviy maktab tarafdorlari 
nemis xalq maorifi tizimida aholining har bir toifasi uchun alohida 
maktab bo‘lishini (aholining eng kambag‘al toifasi uchun ‒ xalq 
maktabi, byurgerlar uchun ‒ real o‘rta maktabi, dvoryanlar va 
chinovniklar uchun ‒ klassik gimnaziya bo‘lishi) lozim deb 
hisoblar edilar. Hamma uchun barobar bo‘lgan maktab tarafdorlari 
va shular qatorida Disterveg ham bolalar uchun ochiq bo‘lgan 
maktab vujudga keltirishni talab qildilar. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling