Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

YA.A.Komenskiy (1592‒1670) o‘zining “Buyuk didaktika” 
asarida didaktika “barchani barcha narsaga o‘qitishning universal 
sanhati”, “ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish” vazifasini 
bajaradi, degan g‘oyani ilgari surgan; 
I.F.Gerbart (17762‒1841) didaktikaning nazariy asoslarini 
ishlab chiqishda ta’lim va tarbiya, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini 
birlashtirgan holda “tarbiyalovchi ta’lim” deb tushungan; 
D.Dyui (1859‒1952) ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni o‘quv-
chining faolligiga, shaxsiy tajriba va aqliy faoliyat qobiliyatini 
shakllantirish asosidagi amaliy faoliyat tamoyillariga qaratgan. 
Mazkur pedagogik yondashuvlar va konsepsiyalar didaktikani 
o‘qitish va o‘rganishning nazariyasini tavsif qiluvchi fan sifatida 
tushunishga o‘zining jiddiy ta’sirini o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida 
didaktika umumlashgan ijtimoiy va madaniy tajribani keyingi 
avlodga tizimli yetkazish bilan bog‘liq fan sifatida shakl-
langanligiga ehtibor qaratish mumkin. Shu bilan birga, taniqli 
bolgar faylasufi va pedagog olimi I.Marev didaktikaning tarixiy 


74 
rivojlanish davrlarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga 
ajratgan. 
Birinchi bosqich – YA.A.Komenskiygacha bo‘lgan davr. 
Ushbu bosqich o‘rta asr sxolastikasi hukmronlik qilgan sharoitda 
ilmiy asoslanmagan “pedagogik va didaktik ijodiyot” 
shakllanganligi, didaktik jarayonni anglash, “tarbiya an’analari va 
udumlari” rivojlanganligi bilan belgilanadi. 
Ikkinchi bosqich – YA.A.Komenskiydan kibernetika fani 
(boshqaruv jarayonlari nazariyasi) kirib kelgungacha bo‘lgan 
davrni (1950) o‘z ichiga oladi va ushbu bosqichda pedagogik va 
didaktik nazariyalarning rivojlanishi, ularning asosiy qonun va 
qonuniyatlarining shakllanishi bilan ajralib turadi. 
Uchinchi bosqich – kibernetika fani kirib kelishidan hozirgi 
kungacha bo‘lgan davrdir. Ushbu bosqich hal qiluvchi bosqich 
bo‘lib, pedagogika va didaktikaning dolzarb vazifalarini yechish, 
yangi didaktik materiallarni yaratish va ulardan samarali 
foydalanish, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘rgatuvchi va nazorat 
qiluvchi dasturlarning yaratilishi bilan bog‘liq. 
Didaktikaning fan sifatidagi ko‘p asrlik tarixi davomida 
“pedagogika” va “didaktika” ilmiy kategoriyalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni aniqlashga doir turli yondashuvlar shakllandi. 
I.Marev va boshqa mutaxassislar fikricha pedagogika va didaktika 
o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi konseptual yondashuvlar 
asosida talqin etilishi mumkin: 
− pedagogika va didaktika o‘xshash tushunchalar; 
− pedagogika va didaktika o‘rtasida yaxlitlik va uning tashkil 
etuvchisi (bir qismi) sifatida munosabatlar shakllanganligi; 
− “didaktika” – “pedagogika” nisbatan hajm jihatidan 
kengroq tushuncha; 
− pedagogika va didaktika alohida mustaqil fanlar; 
Yevropa va Amerika, sobiq ittifoq hamda sharqiy Yevropa 
pedagog olimlari tomonidan ham mazkur ilmiy sohalar (pedago-
gika va didaktika) o‘rtasidagi munosabatlar va o‘zaro bog‘liqliklar 
turlicha talqin qilib kelingan, yagona yondashuv va konseptual 


75 
pozitsiyaga kelinmaganligining asosiy sababi “didaktika” tushun-
chasining o‘zini talqini turlicha bo‘lganligidadir. Bu boradagi 
an’anaviy yondashuvga asosan didaktika pedagogikaning bir qismi 
sifatida qaraladi
1


Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling