Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil 
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida 
belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar 
bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati; 
11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning 
aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining 
mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; 
belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi; 
13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini 
belgilash; 
14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida 
davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi 
o‘quv-tarbiya muassasalari majmui. 
 
3.Turli tarixiy davrlarda didaktik tizimlarning shakllanishi va 
rivojlanishi
Ta’lim va tarbiya insonning shaxs sifatida shakllanishidagi 
ahamiyatining beqiyosligi qadimgi davrlardanoq ma’lum. 
Eramizdan avvalgi davrlardan buyon olim va mutafakkirlarni, 
siyosatchi va davlat arboblarini befarq qoldirmagan masala 


78 
shundan iborat ediki, kelajak avlodni qanday qilib tarbiyalash 
kerak, ularga qanday bilimlarni berish va nimalarni o‘qitish zarur. 
Ma’lumki, qadimgi Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarning 
rivojiga, ularning ilmiy, madaniy, ma’rifiy jihatdan shakllanishi va 
rivojlanishiga o‘zining beqiyos ta’sirini o‘tkazgan sivilizatsiyalar – 
bu qadimgi Antik davrlarda shakllangan qadimgi Yunoniston va 
Rimdir. 
Geografik joylashishi nisbatan yaqin bo‘lgan bu ikki sivili-
zatsiya o‘rtasida madaniy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa jabhalarda 
jiddiy farqlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning o‘sib kelayotgan 
yosh avlodga beriladigan ta’lim va tarbiya borasidagi umumiy 
tendensiyalar, o‘ziga xoslik jihatlari mavjud bo‘lganligi sababli 
ularni ko‘rib chiqish muhimdir. 
Antik davrdagi qadimgi Yunoniston va Rimda ta’lim jamiyat 
hayotining ajralmas qismi hisoblangan va ijtimoiy hayotda alohida 
o‘rin egallagan. Qullikka duchor bo‘lmagan har bir ozod inson 
ta’lim olishlikni o‘zining burchi hisoblagan. 
Ushbu hududlardagi ta’lim tizimlari mavjud ijtimoiy munosa-
batlar, madaniy va tarixiy an’ana va me’roslarni saqlab qolish va 
rivojlantirishga qaratilgan. Har bir ma’muriy hududlardagi 
(qadimgi Yunonistonning hududi polislar deb ataluvchi ma’muriy 
hududlarga bo‘lingan) maktablar o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib 
turar va bir-birlari bilan ta’lim jarayonini tashkil etish hamda 
mazmun jihatidan jiddiy farqlanar edi. Lekin, umuman olganda
ushbu davrda ta’lim jarayonini tashkil etish hamda ta’lim shakllari 
deyarli bir xil bo‘lgan. 
Qadimgi Yunonistonda ikkita polis alohida ahamiyatli 
hisoblangan – Lakoniyadagi Sparta (qad.yun. Lakedemon)va 
Attikadagi Afina. Tarixdan ma’lumki ushbu ikki shahar-davlatlar 
G‘arb sivilizatsiyasining beshigi va asoschisi sanalishi bilan birga 
ularda shakllangan o‘ziga xos ta’lim madaniyati keyinchalik butun 
g‘arbda ta’limni shakllantirish yo‘llarini belgilab berdi. 


79 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling