Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Afina ta’lim tizimi
Umumbashariyatga boy ma’naviy me’ros qoldirgan antik davr (lot. antiquitas – qadimgi davr: e.av. VII–II asrlar, bunda qadimgi yunon-rim sivilizatsiyasi tushuniladi) ko‘plab sivilizatsiyalarning rivojlanishini belgilab bergan hamda ularda ilm, fan, madaniyat shakllanishiga turtki bo‘lgan. O‘sha davrning boshqa hududlaridagi davlatlardan farqli ravishda Qadimgi Yunoniston (Ellada) madaniyati – uning davlatchilik asoslarini belgilab bergan asosiy omillardan hisoblangan. Afina davlatining Yunoniston polislari bilan bo‘lgan 30 yillik urushda (er.av. 404 y.) fojiaviy mag‘lubiyatidan so‘ng Fukidid Afina davlatchiligida hokimiyat va fuqarolarning yuqori madaniyati o‘rtasida ajoyib 82 muvozanat o‘rnatilganligi, uning barcha sohalarida gurkirab rivojlangani hamda mag‘lubiyatdan so‘ng yana tiklanish mumkinligiga ishonch bildirib quyidagilarni qoldirgan: hatto metindek eng mustahkam hokimiyat qulashi mumkin, va faqat guldek nozik inson tafakkuri hech qachon so‘nmaydi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday davlatning rivoji uning ma’naviy madaniyati, ya’ni ilm, fan, san’at, ta’limning rivojlanishiga bog‘liq. Umuman olganda Afina madaniyati polis hayotining ajralmas qismi hisoblangan. Shu o‘rinda aytish joizki, Afina ma’naviy madaniyatining asosini ilm, fan va uni egallashga, keyingi avlodga meros sifatida qoldirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya tashkil etadi. Afina o‘z davrining madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazga aylanganligi yosh avlod ta’lim va tarbiyasiga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablarni ham belgilab bergan edi. Shu sababli Afina ta’lim tizimi Sparta va Rim ta’lim tizimlaridan jiddiy farqlanadi. Afinada ta’lim va tarbiya Paydeyya deb yuritiladi (paydeyya – qad.yunon. bola tarbiyasi; paydos – bola, o‘smir) va o‘sha davrning mutafakkirlari tomonidan falsafa kategoriyasi sifatida qaralgan va hozirgi tilda “ta’lim tizimi”, tarbiyaning ma’lum bir modeli sifatida tushunish mumkin. Hukmron qatlamining ta’lim va tarbiyasi har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish g‘oyasi – kallogatiyaga (yunon. etuk, ajoyib inson; boshqalarni lol qoldiruvchi inson) – qaratilgan bo‘lib, uning mohiyati insonning aqliy, jismoniy, ma’naviy va estetik rivojlanishidan iborat bo‘lgan. Har bir inson ta’lim va tarbiyasi darajasiga ko‘ra jamiyatda ma’lum bir mavqega ega bo‘lgan. Afinada ham ta’lim maqsadli ravishda tashkil etilgan va amalga oshgan. Bunga o‘g‘il bolalar 7 yoshdan jalb qilingan. Afinada Spartadagi kabi davlat ta’lim tizimi bo‘lmagan, barcha maktablar xususiy va pullik bo‘lgan. Ijtimoiy hayotda o‘qituvchi (didaskal) katta mavqega ega bo‘lmagan, ular hunarmand va ustalarga tenglashtirilgan, ularning mehnati yuqori baholanmagan va aholining yuqori qatlam qatorida ko‘rilmagan. Ular tomonidan ochilgan maktablar hunarmand- larning ustaxonasini eslatar va maktab ochish uchun yuqori 83 darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lish shart bo‘lmagan. Bunday maktablarda turli yoshdagi bolalar ta’lim olishgan va o‘qituvchi ularning har biriga individual topshiriqlar berib bajarilishini nazorat qilgan. O‘g‘il bolalarga boshlang‘ich bilimlarni grammatist (didaskal) yozish, o‘qish va sanash asoslarini o‘rgatish orqali bergan. Boshlang‘ich yozish ko‘nikmalari eritilgan mum tayyoqchalariga (ser) o‘tkir uchli cho‘plar (stilo) yordamida turli xil belgi va shakllarni yozish orqali shakllantirilgan. Barcha bajariladigan yozuvlar o‘qituvchi tomonidan namuna sifatida ko‘rsatilgan va ushbu namunalarni talabga mos ravishda bajar- ganidan so‘ng ser va stilo husnixat ko‘nikmalarini shakllantirish papirus va pero orqali davom ettirilgan. Husnixatga o‘rganish ancha murakkab jarayon bo‘lib, Aflotun guvohligicha uch yil davom etgan. Dionisiy boshlang‘ich savodxonlik mashg‘ulotlarini bunday tasvirlagan: “Husnixatga o‘rganishda biz avval harflarni, keyin ularning shakllarini yod olamiz; keyin esa so‘z bo‘g‘inlari, so‘zlar va ularni hosil bo‘lishi, sonlar, urg‘ular, gap tarkibi o‘rganiladi. Shundan keyingina o‘qish va yozish o‘rganiladi: avval bo‘g‘inlab, shoshmasdan va ma’lum darajada ko‘nikma hosil bo‘lganidan keyin to‘liq fikr bayon etilishi o‘rganiladi. O‘qishni o‘rganganidan keyin o‘quvchi mazmunli o‘qish, urg‘ularni to‘g‘ri qo‘yish, ovozning ko‘tarilishi va pasayishi, nutq ritmini va umuman “jozibali” o‘qishni mashq qilgan”. Afina ta’limiga va umuman Antik davrga xos bo‘lgan bir jihat shundan iborat ediki, insonlar mashhur shoir va yozuvchilarning asarlarini yod bilishi va ularni omma oldida san’at darajasiga ko‘tarib o‘qish urf bo‘lgan. O‘quvchilar ham o‘sha davrning mashhur shoirlari, yozuvchilari, tarixchi va faylasuflarining she’rlari, poemalari, tragediya va “tarixiy komediyalari”, gnomus- lar (qisqa didaktik xarakterdagi matnlar), mif va afsonalar, gimn va boshqa turdagi adabiy asarlarni yod olishgan. Ayniqsa Ezopa, Gomer, Gesiod va Solon, Esxil va Sofokl asarlari mashhur bo‘lgan. O‘qishga o‘rgatishning asosiy didaktik usuli sifatida o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan har bir matn parchasini o‘quvchilar birgalikda ovoz chiqarib takrorlashgan. Arifmetikaga o‘rgatish 84 birmuncha qiziqarli olib borilgan, chunki o‘qituvchilar sanash uchun buyumlardan ko‘rgazma sifatida foydalanishgan. O‘sha davrda sanashga o‘rgatishda hisob taxtasi (abak) asosiy va eng samarali didaktik vosita hisoblangan. O‘quvchi bolalar boshalng‘ich savodxonlikni grammatistdan egallaganlaridan so‘ng ularning keyingi ta’lim va tarbiyasi bilan kifarist shug‘ullangan. Bunda asosiy e’tibor estetik tarbiyaga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar musiqa ta’limini egallaganlar. Musiqa ta’limi antik davrning ta’lim va tarbiyasida muhim o‘rin tutgan. O‘quvchilar keng tarqalgan musiqa asboblari – lira, kifar, fleyta, sitrada chalishni, jo‘r bo‘lib ashula aytishni o‘rganganlar. Yunon mutafakkirlari fikriga ko‘ra, musiqani o‘rganish orqali milliy an’analarni saqlab qolish va uni takomillashtirishga erishilgan, jo‘r bo‘lib ashula aytish orqali esa o‘quvchilarning hamkorlik ko‘nikmalari shakllantirilgan. Ushbu bosqichdan so‘ng o‘quvchilar taxminan 12 yoshlarida umumiy jismoniy va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik olish maqsa- dida gimnastika maktablarida (palestrlarda) ta’lim olishgan. Palestrlarda olib boriladigan gimnastika mashqlari va harbiy tayyorgarlik davlat nazorati ostida olib borilgan va bu jarayonga alohida tayinlangan pedotriblar rahbarlik qilgan 1 . Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling