86
tashkil qilish hamda boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish
faolligi bilib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Onglilik tamoyilini amaliyotda qo‘llash
quyidagi qoidalarga
rioya qilishni taqozo etadi:
1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba-
yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ravshan qilib ko‘rsatib
berish yo‘li bilan, ta’lim oluvchilarda aniq maqsad va vazifalarni
shakllantirish qoidasi.
2. Talabalarga qanday yo‘l bilan
bilim olishni tushuntirib,
ularda shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon
olinadigan bilimni chuqur
anglab yetmay mexanik holda
egallamasinlar.
3. O‘qitganda barcha bilish shakllaridan: tahlil va sintez;
deduktiv va induktiv; taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish va
hokazolardan foydalanish qoidasi.
4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib,
obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom
ma’nosini ochib berish qoidasi.
Do'stlaringiz bilan baham: