Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr  yuritishlarini bilish qoidasi.  3


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

2. Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr 
yuritishlarini bilish qoidasi. 
3. O‘quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga kel-
tirish mumkin bo‘lsa, ko‘ra olsa, eslab ko‘rsa, eshita olsa tafakkur 
qilinadi degan oltin qoidasini bilish. 
4. Hech qachon ko‘rgazmani asosiy maqsad qilib olmaslik
ko‘rgazma maqsad emas, maqsadga yetish vositasi sifatida bilish 
qoidasi. 
5. Bilim berish va bu bilimlarni bolalar ko‘nikmasiga aylan-
tirish jarayonida, barcha tushuncha va mavhumliklar, ular tafakku-
riga faqat asos, dalil, misol, timsol va qiyofalar orqali tez yetib 
borishini anglash qoidasi. 
6. Ko‘rgazmalardan, faqat narsalarni ko‘rsatish uchun foyda-
lanmay, ulardan muammoli vaziyatlarni shakllantirishda ham 
foydalanish qoidasi. 
7. Ko‘rgazma faqat axborot beribgina qolmay, o‘rganilayot-
gan narsa va hodisa to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishligini 
bilish qoidasi. 
8. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda ma’lum bir tartib bilan 
ko‘rsatish yaxshi natija berishini tushunib yetish qoidasi. 
9. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda avval butunlay, so‘ng 
ularni qismlarga bo‘lib ko‘rsatib, undan keyin yana butunlay 
ko‘rsatishga e’tibor berish qoidasi. 
10.  Turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yaxshi, ammo 
ularning miqdori haddan ziyod bo‘lib ketsa, bolalar hayolini yoyib 
yuborishligini bilish qoidasi. 


89 
11.  Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda bolalarning avvaldan 
egallagan hissiy bilimlaridan unumli foydalanish qoidasi. 
12.  Eng yaxshi ko‘rgazma bolalar o‘zi tayyorlagan ko‘rgazma 
ekanligini bilgan holda ko‘rgazmani iloji boricha bolalar bilan birga 
tayyorlash qoidasi. 
13.  O‘zingiz yaxshi bilmagan narsani hech qachon bolalarga 
ko‘rsatmaslik qoidasi. 
14.  Yangi texnik vositalar — o‘quv televideniyasi, video, 
kompyuter va boshqalardan foydalanilayotganda, avval o‘qituv-
chining o‘zi uni yaxshi o‘zlashtirib olishlik qoidasi. 
15.  Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalar 
diqqatini, fikrlash madaniyatini, konstruktiv fikrini va o‘qishga 
qiziqishini tarbiyalash qoidasi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling