Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
4. Didaktika tamoyillari 
Didaktika tamoyillarining tarixi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituv-
chilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt 
sarflamay aniq yetishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz 
izlanishlar olib borib, didaktika prinsiplar majmui yaratilishiga 
sababchi bo‘lganlar. 
Avval ham aytganimizdek, yaqin vaqtlargacha pedagogikadagi 
qonun, qonuniyat va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida 
ishlatilib yoki bularning bittasiga ‒ yo qonun, yo qonuniyat, yo 
prinsipga ustunlik berilib kelingan. 
Ammo ko‘p yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni 
ko‘rsatdiki, qonuniyat turg‘un bo‘lib, ular asosida yaratilgan qonun 
1
Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, France and Germany (2012).y


85 
va tamoyillar o‘zgarib ham turishi mumkin ekan. Ba’zi eski 
tamoyillar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili 
yo‘q bo‘lib ketib, o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan. 
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday qoida o‘rnashib 
qolganki, ular tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning 
ehtiyojlarini ifoda etar ekan. Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanning 
rivojlanishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi qonuniyat-
larning aniqlanishi, shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalar 
natijasida pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan. 
Ko‘p yillik izlanishlar va bahslar natijasida pedagogikada 
quyidagi dars o‘tishning umumiy tamoyillar tizimi ishlab chiqilgan: 
1) onglilik va faollik ‒ bilimni talabalar tomonidan ongli 
ravishda va faol qatnashib egallashlik; 
2) ko‘rgazmalilik ‒ «yuz marotaba eshitgandan bir marotaba 
ko‘rgan yaxshi» tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli-
tuman ko‘rgazma qurollardan samarali foydalanish

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling