94
Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud:
osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkab-
ga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik
tamoyilini qo‘llanish qoidalarini kengaytirdi va boyitdi. Ular
quyidagilar:
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi
shart.
3. O‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik
va rivojlanganlik
darajasiga qarab bilim berish.
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.
5. Bilim berish sur’ati o‘rtacha olib borilishi shart.
6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil bo‘lishini
esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish
pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.
7. Psixologiya va pedagogikaning
yangi kashfiyotlaridan
unumli foydalanish, kichik qadamlardan
asta-sekin katta
qadamlarga o‘tish yo‘li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: