96
6. Qonuniyatlarni tushuntirayotganda, ularni tashqi muhit, vaqt,
eskilik va yangilik orasidagi tafovut hamda ichki sharoitlarga
bog‘liqlikda tushuntirish.
7. O‘qitganda izlanuvchanlik hissiyotini rivojlantirish.
8. Muayyan
qonuniyatni tushuntirishda, uni kashf etgan olim-
ning qisqacha tarjimai holini gapirib berish.
9. Bilim
berishda, uning tadqiq qilingan usullarini ham aytib,
bolalarda tadqiqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllan-
tirish.
10. Dars o‘tganda atama, ta’rif va tushunchalarning eskilariga
tanqidiy yondashib, eng yangilaridan foydalanish.
11. Bilim berishda tarixiylik
qoidasidan kelib chiqib,
berilayotgan bilimning kashf qilinish tarixini aytish.
12. Fan bilimlarini berishda, ular
ichidan asosiylarini ajratib,
fandagi ustuvor yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib o‘tish.
13. Yuqori sinf, akademik litsey, kollej, va ayniqsa, oliy o‘quv
yurtlarida fandagi baxsli o‘rinlarini aylanib o‘tmaslik.
14. Bolalarning tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: