Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

tarbiyaga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatlarni yaxshilamasdan 
erishib bo‘lmaydi”. Ya’ni, yosh avlodning tarbiyasi asosan davlat 
manfaatlaridan kelib chiqib qurilishi kerak, degan g‘oyani ilgari 
suradi. 
Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining barcha 
bosqichlarida turli pedagogik qarashlar, g‘oyalar, yondashuvlar 
shakllangan bo‘lib, ba’zilari bir-biriga tubdan qarama-qarshi 
bo‘lgan. Masalan, XVIII asr oxirlari – XIX asr boshlarida formal 
va material ta’lim nazariyalari (Pestallotsi ushbu nazariyalarga 
butkul qarshi pozitsiyada bo‘lgan) hukmron bo‘lgan. Formal ta’lim 
bolaning xotirasi, diqqati, qabul qilish kabi psixologik 
funksiyalarni rivojlantirishni, material ta’lim esa aksincha – 
bolaning bilim olishini asosiy maqsad qilib oladi. Bugungi kunga 
kelib ma’lumki, ushbu g‘oyalar bir-birini to‘ldiruvchi, uzilmas 
g‘oyalardir. 
XIX asr oxirlari – XX asr boshlari ham ta’lim nazariyasi va 
amaliyotiga yangi g‘oyalar kiritilganlik bilan alohida ehtiborga 
loyiqdir. Bunday g‘oyalardan biri pedagogikada pragmatizm 
(amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oya) g‘oyasidir. Uning 
asoschilari Djon Dg‘yui, U.Kilpatrik, E.Parkxerst, E.Kollings va 
boshqalarning fikricha tarbiyaning maqsadi “turli vaziyatlarga 


100 
moslashuvchan” shaxs tarbiyasidir. D.Dg‘yui va uning izdoshlari 
fikricha, har bir insonning bolalik davridan sog‘lig‘iga, hayot 
tarziga va ma’naviyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali uning 
hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazish mumkin. Bola tarbiyasiga turli 
faktorlar – iqtisodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy va boshqalar – 
orqali intensiv ta’sir ko‘rsatiladi. D.Dg‘yui o‘z davrining 
reformatori sifatida ta’kidlaganki, fan sifatida pedagogika uchun 
eng muhim manba – bu hayot sinovlaridan o‘tgan va o‘zining 
samarasini isbot qilgan metodgina afzal. D.Dg‘yui falsafiy 
pragmatizm yo‘nalishining yorqin vakili sifatida “faqat foyda 
bersagina haqiqatdir” (falsafada pragmatizm yo‘nalishining asosiy 
g‘oyasi) nuqtayi nazaridan kelib chiqib ta’limning ham shunga mos 
maqsadlarini belgilagan. Ya’ni, samarasi yo‘q ta’lim metodlari va 
vositalari haqiqat emasdir. Biz keyingi boblarda D.Dg‘yuining 
ta’lim berish g‘oyalari asosida yaratilgan bugungi kunimizda eng 
samarali hisoblangan muammoli, ta’lim yondashuvining 
texnologiya, metod va vositalari, ya’ni loyihaviy yondashuv 
texnologiyasi haqida, alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
O‘tmishdan hozirgi kungacha ta’limning bosh maqsadlari o‘q 
tomir sifatida quyidagilar belgilanib kelingan: yoshlarni ta’lim va 
tarbiya jarayoniga jalb etish, insoniyat madaniy merosini keyingi 
avlodga tizimli ravishda yetkazish, har tomonlama rivojlangan 
shaxsni tarbiya qilish. 
O‘tmishga nazar solar ekanmiz, XX asr boshlarigacha bizning 
o‘lkamizda ta’lim asosan madrasalarda olib borilgan va ushbu 
madrasalarda diniy ta’limot olib borilgan. Xuddi shunday holatni 
g‘arbda ham kuzatish mumkin edi: g‘arb ta’limining asosiy 
maskanlari iezuit maktablari bo‘lgan. Ularning ham asosiy 
maqsadlari diniy tarbiya bo‘lgani bilan, lekin qisman bo‘lsa-da 
dunyoviy bilimlar berilgan. Diniy bilimlar berilishining asosiy 
sababi shundan iborat ediki, ushbu davrda sanoat va ishlab 
chiqarish XX asrdagi kabi gurkirab rivojlanmagan edi. XX asrga 
kelib esa sanoatning ko‘plab jabhalari ilm-fan yutuqlariga 
asoslangan holda rivojlanishi hamda yangi bosqichga ko‘tarilishi 
sababli mehnat bozorida malakali, dunyoviy ilmlardan xabari bor, 
texnika va texnologiyani tushunadigan kadrlarga ehtiyoj kuchaya 


101 
boshlagan edi. Bunday sharoitlarda jamiyat ta’lim oldiga yangi 
maqsadlarni qo‘ya boshladiki, bunda yosh avlod ijtimoiy 
munosabatlar o‘rnatadigan, tabiiy fanlarni chuqur o‘rgangan, 
insoniyatning boy madaniy merosidan xabardor bo‘lishi taqozo 
etildi. Chindan ham XX asr davomida ta’limning asosiy maqsadlari 
sifatida ushbu tezislar ilgari surilgan edi. Yuqorida aytilgan fikr 
yana o‘z tasdig‘ini topmoqdaki, jamiyat ehtiyojlari va talablari 
ta’lim oldiga o‘z maqsadlarini qo‘yadi. Ya’ni, davlat jamiyat 
nomidan ta’limning asosiy buyurtmachisi sifatida unga yangi 
maqsad va vazifalarni belgilab beradi. 
Bugungi kunga kelib, ya’ni XXI asr boshlarida ham, mazkur 
jarayon takrorlanmoqdaki, bu jarayon ta’lim oldiga jamiyatning 
yangi ehtiyoj va talablari asosida yangi maqsadlarni qo‘yish bilan 
namoyon bo‘lmoqda. 
Bunday yangi talab va ehtiyojlar nimalardan iborat?
Ma’lumki, XXI asr postindustrial asri deyiladi. Ya’ni, 
insoniyat sanoat davridan yangi bosqichga, axborot asriga, 
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot davriga qadam qo‘ydi. Tabiiyki, 
bunday yangi sharoitlarda mehnat bozori ishtirokchilari, ya’ni 
kadrlarga bo‘lgan talablar ham o‘zgarib boradi.
XX asr murakkab asr edi, XXI asr undan ham murakkab davr 
hisoblanadi. Ushbu murakkablikni ta’limga proeksiyalasak xulosa 
shuki, insonlardan nafaqat fanlarga oid bilimlarni egallashni 
(akademik bilimlarga ega bo‘lishni), balki ularda yangi ko‘nik-
malarni (XXI asr ko‘nikmalari ham deb yuritilmoqda) shakllan-
tirishni talab qilmoqda. Avvalgi asrda insondan fanlarga oid 
bilimlarni egallashi, kasbiga oid tushunchalarni yaxshi bilishi 
yetarli bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrda inson o‘z hayotini muvaffa-
qiyatli qura olishi uchun avvallari tasavvurimizda bo‘lmagan 
hayotiy ko‘nikmalarni egallashlarini taqozo etmoqda. Bunday 
hayotiy ko‘nikmalar haqida keyingi boblarda batafsil to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Ta’limning maqsadlari nimalardan iborat? Yosh avlodga 
qanday ta’lim va tarbiya berish va nimalarni va qanday o‘qitish 
kerak? Ushbu azaliy savollar pedagog-olimlarni, o‘qituvchilarni, 


102 
jamiyat va davlat arboblarini, va umuman har qanday ongli 
insonlarni o‘ylantirib kelgan. 
Ijtimoiy hayot ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos talablarni 
qo‘yadi: ota-onalar o‘z farzandlari baxtli bo‘lishlarini, kerakli bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini xohlaydilar; hukumat vakillari 
esa jamiyat a’zolari davlat qurilishida faol fuqarolik pozitsiyasiga 
ega bo‘lgan, demokratik va insonparvarlik g‘oyalarini hayotga joriy 
etadigan, ijtimoiy munosabatlarni faol qura oladigan insonlar 
yetishib chiqishini xohlaydi; iqtisodiyot o‘zining talablariga javob 
beradigan, raqobatga bardosh bera oladigan, tegishli kasbiy 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. 
Bunday sharoitda, ya’ni jamiyat a’zolari ilgari surgan talab va 
ehtiyojlarning xilma-xilligi sharoitida, ta’lim maqsadlarini 
belgilashda yagona konsensusga kelish mumkinmi? 
Bu savollarga to‘g‘ri javob topish nafaqat pedagogik 
hamjamiyatning asosiy muammolariga, balki global miqyosda 
ko‘tarilayotgan va yechimini kutayotgan, insoniyat oldidagi katta 
chaqiruvga aylangan masaladir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT: un.org) hamda uning ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO: unesco.org), yirik jamoat 
tashkilotlari, xalqaro hamkorlik tashkilotlari (Global Partnership 
for education: gpe.com, ASCD: ascd.org, Partnership for 21
st
Century skills: p21.org, Technology, Environment and Design – 
TED Education Talks: ted.com), yirik universitetlar va ularning 
olimlari ham XXI asrda ta’limning maqsad va vazifalari qanday 
belgilanishi kerak, degan savollarga o‘zlarining aniq taklif va 
tavsiyalarini berib kelmoqda. 
Turli davrlarda ta’limning maqsad va vazifalariga nisbatan 
turli, hattoki qarama-qarshi g‘oya va yondashuvlar, mavjud 
bo‘lganki bizning davrimiz ham bundan mustasno emas.
Pedagogik hamjamiyat bu masalada bir nechta yo‘nalish 
tarafdorlariga bo‘linadi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari, ya’ni 
“ta’limda pragmatizm” tarafdorlari, ta’limning masqadlarini 
belgilashda asosiy tezis sifatida ishlab chiqarish, sanoat va mehnat 
bozori talablariga javob beruvchi malakali mutaxassislarni 
tayyorlash g‘oyasini ilgari suradi. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari 


103 
“gumanistik ta’lim”, ya’ni ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasini 
ilgari surishadi. Gumanistik ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy 
qonuniyati shaxsni rivojlantirishga, uning shaxsiy sifatlarini 
shakllantirishga qaratilgan. Bunday g‘oyaga asoslangan ta’lim 
maqsadlarining mazmunini belgilashda jamiyatning madaniy 
qadriyatlari yadro sifatida xizmat qiladi. 
Pedagogik nazariyada o‘qitish maqsadlarini belgilashda 
alohida o‘rin egallagan, ushbu masalada yetuk mutaxassis bo‘lgan 
amerikalik mashhur pedagog va psixolog B.Blum taksonomiyasini 
keltirish mumkin. ... 
Uchinchi g‘oya tarafdorlari (Ken Robinson, Dayana Xalpern, 
Edgar de Bono) avvalgi yo‘nalish tarafdorlaridan tubdan farq 
qilgan holda ta’limning asosiy maqsadi inson qobiliyatini ro‘yobga 
chiqarishdan iborat ekanligini, har bir insonga tabiat tomonidan 
ma’lum bir yoki bir nechta qobiliyat in’om etilganligi va o‘zining 
hayot yo‘li va mehnat faoliyatini belgilashda ana o‘sha qobiliyatni 
ro‘yobga chiqarish nuqtayi nazaridan amalga oshirishdan iborat, 
deb hisoblashadi. 
Ushbu qarashlar avvalgi boblarda ko‘rilgan ta’limning falsafiy 
tamoyillari (antropologik, akseologik, germenevtik, gumanistik, 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling