Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


  Aqdiy mehnatni jismoniy mehnat bilan olib borish


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

10.  Aqdiy mehnatni jismoniy mehnat bilan olib borish. 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Pedagogikadagi qonuniyatlarni aytib bering. 
2. Pedagogik qonunlarni aytib bering. 
3. Pedagogik tamoyillar va qoidalar deb nimalarga aytamiz? 
4. Onglilik va faollik tamoyilini sharhlang. 
5. Ko‘rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering. 
6. Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili nimani talab qiladi? 
7. Mustahkamlik tamoyilini tushuntiring. 
8. Tushunarlilik tamoyili nima va unda qancha qoidalar bor? 
9. Ilmiylik tamoyilining asosini nima tashkil qiladi? 
10. Nazariya va amaliyot birligi tamoyilini tushuntirib bering. 


98 
 
IV.BOB. TA’LIM MAZMUNI 
 
O‘zbekiston maktablaridagi ta’limning mazmuni 
 
1.Ta’limning maqsad va vazifalari 
Har bir ijtimoiy tuzum ta’lim oldiga o‘ziga xos maqsad va 
vazifalarni qo‘yadi. Bunday vazifalar turli davrlarda turlicha 
bo‘lgan. Jamiyat, fan, texnologiya va ijtimoiy munosabatlar 
o‘zgarishi ana shu maqsadlarning yangilanishiga sababchi bo‘ladi. 
Qadimgi Afina, Sparta va Rim ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan 
maqsadlar yoshlarda asosan harbiy, jismoniy va estetik tarbiyani 
shakllantirish bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib matematika, 
astronomiya, falsafa, geografiya fanlarining gurkirab rivojlanishi 
sababli ularni o‘rganish asosiy maqsad qilib belgilangan. 
Uyg‘onish davri va ayniqsa o‘rta asrlardan keyingi davrlarda 
ta’limning nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchini shaxs 
sifatida rivojlantiruvchi funksiyalariga alohida e’tibor qaratila 
boshlandi. 
XX asr boshlarida progressiv pedagogika vakillari ta’limning 
maqsad va vazifalarini belgilashda turli yondashuvlarga asos-
lanishgan bo‘lsa ham ularning umumiy jihati shundan iborat ediki, 
ta’limning maqsadlari, uning mazmuni va tuzilishi (strukturasi) 
pragmatik nuqtayi nazardan (g‘arb pragmatizmi g‘oyasiga asoslan-
gan), ya’ni jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
belgilandi. Jamiyat, uning ijtimoiy tuzilishi va undagi munosa-
batlarning o‘zgarishi, ilm, fan va texnologiyalarning taraqqiy etishi 
ta’lim oldiga yangi maqsadlarni qo‘yaveradi. 
YUNESKO 1988 yili o‘zining mashhur qarori bilan XX asr 
pedagogik konsepsiyalarining shakllanishiga jiddiy hissa qo‘shgan 
to‘rt pedagogni alohida e’tirof etgan. Bular Djon Dg‘yui, Georg 
Kershenshteyner, Maria Montessori va Anton Makarenkolar. Ular 
tomonidan ilgari surilgan ta’limning maqsad va vazifalari o‘z davri 


99 
uchun hamda aksariyat g‘oyalar bugungi kun ta’limi uchun ham 
g‘oyat dolzarbdir. Hususan, A.Makarenkoning fikricha, ta’limning 
bosh maqsadi ta’lim oluvchilarning sifatlarini shakllantirishda aks 
etmog‘i kerak. Birinchi bo‘lib “ta’lim” tushunchasini kiritgan 
shveysariyalik pedagog I.G.Pestallotsi (1746-1826) tabiat qonun-
lari asosida ta’lim berish g‘oyasini ilgari suradi. Bu g‘oyaning 
asosiy tezisi shundan iboratki, ta’lim va tarbiya inson tabiatining 
rivojlanishiga mos ravishda olib borilishi kerak. Uning fikricha, 
tabiat ta’lim va tarbiyaning eng optimal usullarini insoniyatga 
taqdim etgan va bu usullar tabiyatning abadiy qonunlariga tayanadi. 
I.G.Pestallotsi g‘oyalarining qattiq ta’sirida bo‘lgan 
G.Kershenshteyner ta’limning maqsadlari haqida bunday yozgan 
edi: “... Iqtisodiyot va tarbiyaning asosiy muammolari o‘zaro 
chambarchas bog‘liqdir: iqtisodiyotning ko‘plab muammolarini 
sifatli xalq ta’limisiz yechib bo‘lmaganidek, sifatli ta’lim va 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling