Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
2. Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi 
Pedagogik nazariyada ta’lim mazmuniga turlicha talqinlar 
berilgan bo‘lib, ba’zida ushbu talqinlar bir-birini inkor etuvchi 
hollar ham uchrab turadi. 
D.Dyui o‘zining “Dunyodan – bolaga, boladan – dunyoga” 
kitobining (1921y.) “Bola va o‘quv dasturi” («The Child and 
Curriculum») bobida mazmun va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi 
munosabatni shunday ta’riflagan: “O‘rgatayotgan faningizni 
qismlarga bo‘ling... Uning alohida qismlarini bosqichma-bosqich 
o‘rganishga majburlang va bola fanni to‘laligicha egallaydi. 
O‘qitishning bunday tamoyilini tutganda darsliklar shunday 


107 
yozilishi kerakki, u mantiqiy qismlarga bo‘linishi va ular mahlum 
ketma-ketlikda joylashishi hamda ushbu qismlarni o‘rgatish 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak... Agar ta’lim 
mazmuni o‘quvchining asta sekin shakllanib va kengayib 
borayotgan tafakkurida ma’lum o‘rin egallashi, keyingi faoliyatida 
foydali bo‘lsa, o‘quvichining “qiziqishini” uyg‘otish uchun xilma-
xil metodik harakatlarga ehtiyoj qolmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, 
ta’lim berishda uning mazmuni metodologiyaga (uning ahamiyatini 
pasaytirmagan holda) nisbatan birlamchi o‘rinda turadi. Aynan 
ta’lim mazmuni o‘qitish strategiya, yondashuv, texnologiya va 
metodlarni qanday bo‘lishini belgilab beruvchi birlamchi omildir. 
Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan 
bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy 
ahamiyatga ega vazifalarni bajarishga tayyorlovchi, ma’lum 
pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni – ilmiy bilim, 
ko‘nikma va malakalar tizimi bo‘lib, ularni egallash 
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi, 
ularning dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi
ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi. 
Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi 
haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi 
sababi shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning 
amalga oshiradigan vazifalari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir. 
Yana bir sababi esa ta’lim – insoniyat tomonidan erishgan fan 
yutuqlari va madaniy me’roslarni o‘quvchilar tomonidan egallash 
degan tushuncha o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga 
oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash 
kelishidir. 
Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq 
bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi omil tushunilsa, boshqa jihatdan 
o‘quvchida ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, 
uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi 
tushuniladi. 


108 
Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar 
mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar uning manbasi insoniyat 
tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir.
Ta’lim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta 
bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular: 
− ta’lim mazmuni yaxlit holda, o‘rganiladigan ijtimoiy tajriba 
elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan 
holda pedagogik talqinda berilib davlat ta’lim standartlarida aks 
etgan nazariy bosqich
maxsus bosqich, bunda alohida o‘quv predmetlarining 
mazmuni belgilanib o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi
− ta’lim mazmunini shakllantiruvchi alohida o‘quv 
predmetiga xos o‘quv elementlardan iborat bo‘lgan quyi bosqich 
bo‘lib, darslik va qo‘llanmalarda o‘z aksini topadi. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida ta’lim mazmu-
nini belgilash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling