Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublika- sining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTSning tashkil etuvchilari: 1. o‘quvchilar bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yila- digan minimal talablar 2. o‘quv reja 3. o‘quv dastur 4. baholash me’zonlari O‘quv predmeti pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan va talqin etilgan ilmiy bilimlar, aqliy va amaliy faoliyat usul va vositalari (ko‘nikma va malakalar) tizimi bo‘lib fanning asosiy mazmuni va usullarini aks ettiradi. O‘quv predmetining fandan farqlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bilimlar hajmi bilan; ikkinchidan, bilimlarni talqin etish usullari bilan; uchinchidan, fanning barcha elementlarini o‘quv fanida keltirilishi bilan farqlanadi. 109 Odatda o‘quv predmetlari tabiiy-matematik va ijtimoiy (gumanitar) bloklarga bo‘linadi. Tabiiy-matematik siklga oid fanlarda deyarli barcha tabiiy va aniq fanlarning elementlari keltiriladi, ijtimoiy o‘quv predmetlarida esa asosiy urg‘u faktlar va tushunchalarga beriladi. O‘quv predmetlarini klassifikatsiya qilishning boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, bunda o‘quv predmetini o‘qitishdan asosiy komponent nimaligidan kelib chiqiladi. Masalan, fizika, ximiya, matematika, biologiya, astronomiya, geografiya, tarix fanlari “ilmiy bilimlar” asosiy komponent hisoblanadigan fanlar turkumiga kiradi; informatika, chet tillari, chizmachilik, jismoniy tarbiya, mehnat fanlarida esa “faoliyat usullari” asosiy komponent hisoblanadi; tasviriy sanhat va musiqa o‘quv predmetlari esa “badiiy ta’lim va estetik tarbiya” asosiy komponent hisoblanadigan fanlar turkumiga mansub. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta'lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Davlat ta'lim standarti (DTS) ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvoza- natini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqiladi: • davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; • o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; 110 • umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; • umumiy o‘rta ta'lim mazmunining insonparvarligi; • ta'lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; • umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsion texnologiyalarga tayanish; • o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar. Umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich (1-4 sinflar) va umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar)ni qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat talim standarti boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quv fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan. Barcha maktab predmetlarida beriladigan ta’limning mazmuni davlat hujjatlarida, o‘quv rejasida, o‘quv dasturlari va darsliklarida aks etgan. Ana shu hujjatlar respublikadagi barcha maktablar uchun majburiydir. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling