Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
O‘qitish metodlarini tanlash. Pedagogika fanida,
o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyi- dagi holatlar inobatga olinishi lozim: - zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; - o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; - xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdi- daktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro alo- qadorligi; - muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; - u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; - o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, dara- jasi; - o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; - o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlan- ganlik darajasi, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; - o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; - o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatil- ganligi. O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma- ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi. 4.O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari – o‘quv materiali mazmunining xarakteri va mantiqini yoritish usulidir. O‘qitishning induktiv metodi – o‘qituvchi va o‘quvchining turli variantlardagi faoliyatidir. Bunda o‘qituvchi avval dalillarni 163 tushuntiradi, tajribalarni, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish qiladi, umumlashtirish va tushunchalarni ta’riflash bo‘yicha mashqlar bajarishni tashkil etadi. O‘quvchilar oldin xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradilar va o‘quv materialini umumlashtiradilar. Yoki o‘quvchilar oldiga xususiy qoidalardan umumiy xulosalargacha mustaqil mushohada yuritishni talab qiladigan muammoli topshiriqlar qo‘yiladi. O‘quvchilar esa dalillar ustida mustaqil holda fikrlaydilar va tegishlicha xulosalar chiqaradilar hamda umumlashtirish qiladilar. Deduktiv metod – o‘qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta’riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Bunda o‘quvchilar umumiy qoidalarni idrok etadilar, formulalarni o‘zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni egallaydilar.Agar mana shu metodlar taqqoslansa, o‘quvchilar ma’lum mushohadalarni keltirib chiqaradigan faktlar va materialni o‘zlashtirishlariga ko‘ra induktiv metod foydaliroqdir. Masalan, o‘qituvchi matematik masalaning yechimini yoritadi, keyin o‘quvchilarga ana shu xildagi masalani mustaqil holda yechishni tavsiya qiladi, lekin bunda fikrlash tez rivojlanmaydi va materialni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Deduktiv metod materialni tezroq o‘tishga yordam beradi va bunda mavhum fikrlash faolroq rivojlanadi. O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarida uning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlari, shuningdek, reproduktiv yoki muammoli izlanish metodi ham qo‘llaniladi.Ta’limning reproduktiv xarakteri, asosan, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatidir. Fikrlashning xarakteri – o‘qituvchi bergan o‘quv axborotini faolroq idrok etish va eslab qolish, o‘qitishning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlaridan hamda usullaridan foydalanmay, mazkur metodlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Reproduktiv metodda o‘qituvchi faktlarni, isbotlarni, tushunchalar ta’rifini to‘la bayon qiladi, asosiy masalaga alohida e’tibor beradi.O‘qitishning reproduktiv metodida ko‘rsatmalilik ham qo‘llaniladi. Reproduktiv yo‘sindagi amaliy ishlar o‘quv- chilarning namuna bo‘yicha ilgari yoki endigina o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llashi bilan farqlanadi. Ammo bunday ishlarda 164 bilimlarni mustaqil holda boyitish amalga oshmaydi. O‘qitishning muammoli izlanish metodi muammoli ta’limda qo‘llaniladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling