«Umumiy pedagogika»


Download 113.64 Kb.
bet12/14
Sana04.04.2023
Hajmi113.64 Kb.
#1328287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
umumiy pedagogika

Kompyuterli ta’lim.
Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga keldi.
Kompyuter – (ing. Computer - hisoblayman) – oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) bo‘lib hisoblanadi va ularning ta’lim – tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy – texnik universal vositasi bo‘lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko‘taradi.
Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish; o‘qitish jarayonini boshqarish; natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni bajarish; o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va shu kabilar.
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi:

  • alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya, chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;

  • umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.

Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa, uning asosiy vazifalari intellektual salohiyatni ko‘tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim – tarbiyada optimal variantlarni kafolatlashlardan iboratdir.
Kompyuterlar yordamida ta’lim – tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda yangi ko‘rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim – tarbiyada universal didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va natijada ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib keluvchi mantiqiy jihatdan mukammal va izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi va ketma – ketligini ta’lim oluvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’lim samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi.
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o‘qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim oluvchilarning o‘z – o‘zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha yengillashtiradi. Ular yordamida kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo‘lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o‘qituvchilari ham bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin.
Chop etilgan materiallar audio va vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni kengaytirish va soddalashtirish, o‘quv materialini qulay va ko‘rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:

Kompyuterli o‘qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o‘quv – metodik va dasturiy – texnik vositalar majmuasi bo‘lib hisoblanadi:

  • bilimning aniq predmet sohasini o‘rganish;

  • o‘quv kurslarida ishlanmalarni qo‘llash;

  • o‘quv jarayonini boshqarish va shu kabilar.

Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan kompyuterli o‘qitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:
A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o‘rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega bo‘lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar;
B) Seminar, labaratoriya mashg‘ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar;
V) O‘rganilayotgan va yondash fanlar bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;
G) Bilimlarning boshlang‘ich darajasini va o‘quvchining psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar”[Bekmirzaev R. Fundamental fanlarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi // “Tabiiy fanlarni o‘qitish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy – uslubiy anjumani materiallari. – Jizzax, 2006. – B. 175].


Download 113.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling