8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja: 1. Paxta va to„qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi, mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligini oshishi, ularning xavfsizligini ham taqazo qilishi. 2. Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‟minlashni ularni loyihalash jarayonidan boshlab amalga oshirilishi. 3. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‟minlanmagan bo„lsa, foydalanishga ruxsat berilmasligi. Mashina va dastgohlar xavfsizligini ta’minlashni ularni loyihalash jarayonida hisobga olinishi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz texnologik jarayonlarni, xavfsiz mashina va uskunalarni yaratish, paxta, to„qimachilik va yengil sanoat korxonalarini loyihalash davridayoq hisobga olinishi kerak. Loyihalash davrida yo„l qo„yilgan xatolarni ekspluatatsiya qilish davrida tuzatib bo„lmaydi. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina va dastgohlarga qo„yiladigan asosiy talablar ularning ishchilar uchun xavfsizligi, pishiq va mustahkamligi hamda ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning xavfsizligi standartlar tizimlari bilan belgilanadi. Mashina va dastgohlar xavfsizligini ta‟minlash uchun loyihalash jarayonida uning qanday ish bajarishini hisobga olgan holda, ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishning ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muxofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib borish zarur. Dastgohga o„rnatilgan muxofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uygunlashib ketishi kerak. Shuni hisobga olish kerakki, muxofaza vositalari iloji boricha ko„proq masalalarni yechishga xizmat qilsin. Masalan, mashina yoki dastgohga o„rnatilgan xavfsizlikni ta‟minlash qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to„sig„i bo„lib qolmasdan, balki shovqinni kamaytiruvchi vosita bo„lib ham xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblarni charxlash qurilmasini ko„rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini ta‟minlovchi qurilma bir vaqtning o„zida shamol yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga mo„ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi. Xavflilik darajasi yuqori bo„lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan qozonlar, kompressorlar, nasoslar va boshqalardan foydalanayotganda sanoatda xavfsizlikni ta‟minlash nazoratining maxsus talablarini bajarish shart. Ma‟lumki, sanoat korxonalaridagi mashina va dastgohlar elektr tokining asosiy iste‟molchilari hisoblanadi. Bu esa, ularning elektr toki ta‟sirini yo„qotuvchi elektr xavfsizligi masalalarini ham nazarda tutish kerakligini taqozo qiladi. Shuningdek, sex uchastkalarida o„rnatilgan dastgohlar elektromagnit to„lqinlari, radioaktiv moddalar ta‟sirida bo„lishi mumkin, albatta, bulardan saqlanish chora- tadbirlari ko„rilishi o„z-o„zidan ma‟lum. Bu zararli va xavfli holatlarda havo muhitini zararlantiruvchi va ifloslovchi bug„lar, changlar va gazlarni hisobga olish kerak bo‟ladi. Mashina va dastgohlarning xavfsizligi ularga ishlatiladigan materiallarning mustahkamligiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham bunday dastgohlarni tayyorlashda ularning ishchi organlariga ishlatiladigan material mustahkamligiga alohida ahamiyat beriladi. Chunki, dastgohlarning mustahkamligi ularni tashkil qilgan qismlar mustahkamligiga bog„liq bo„ladi. Masalan, har qanday mexanizmning mustahkamligini uning biriktiruvchi qismlarining mustahkamligisiz tasavvur qilib bo„lmaydi (masalan, gayka, bolt va boshqalar). Bundan tashqari, dastgohlarning tashqi tomonidan zararlanib, mustahkamligini yo„qotib qo„yishi mumkin bo„lgan omillarni hisobga olish kerak (masalan, o„z vaqtida moylash, bo„yoq ko„chib ketishi natijasida zanglash va hok.). Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling