8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Saqlovchi muxofaza vositalari. Saqlovchi muxofaza qurilmalari asosan
mashina va dastgohlarda zo„riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti va sog„ligiga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va dastgohlar harakatini to„xtatib qo„yishga xizmat qiladigan qurilmadir. Zo„riqish hodisasi ishlayotgan dastgohga lozim bo„lganidan ko„proq kuch bilan ta‟sir qilinganda vujudga keladi. Bunday hollarda dastgohga o„rnatilgan saqlovchi qurilma elektr motoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo„yadi. Shu bilan ishchiga va dastgohga yetkaziladigan zararning oldi olinadi. Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlatiladigan idishlarga o„rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida ko„rsatish mumkin. Ko„pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi. Ularning havo muhitida ko„payib ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo tarkibidagi zararli moddalar ichida eng zararlisining yo‟l qo„yilishi mumkin bo„lgan darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga o„rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o„rnatilgan shamollatish qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi zararli modda miqdori mo„tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida portlashga va yong„inga xavfli bo„lgan moddalar miqdori ortib ketgan vaqtda ham qo„llaniladi. Bundan tashqari, saqlovchi qurilmalarning yorug„likka va issiqlikka asoslangan turlari ham bor. Ma‟lumki, sanoat korxonalarida havo muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma‟lum moddalarning boshqa moddalar ta‟sirida o„z rangini o„zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik youg„lik nurini yaxshi o„tkazadi. Agar rangsiz suyuqlik solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug„lik tushirilsa, unda ma‟lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil qilinadi. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa va bu suyuqlik orqali korxona xonalaridagi havo sinovi o„tkazib turilsa, havo tarkibi toza bo„lganda suyuqlikda hech qanday o„zgarish bo„lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi osha borsa, shishadagi suyuqlik rangi o„zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o„tayotgan yorug„lik xiralashadi, fotoplastinkada esa, hosil bo„layotgan elektr yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o„zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib yuboradi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling