8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Mashina va dastgohlarning xavfli zonalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Mashina va dastgohlarning xavfli zonalari. Mashina va dastgohlarning 
inson hayoti va sog„igiga xavf tug„diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari 
xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan mashina va dastgohlarning ochiq 
holdagi aylanadigan va harakatlanadigan qismlarida mujassamlanadi. 
Bunga aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli 
uzatmalar, harakatlanuvchi dastgohlarning ishchi stollari, konveyerlari, yuklarni 
bir joydan ikkinchi joyga ko„chirib yuradigan ko„tarish mashinalari va boshqalar 
kiradi. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib 
olishi mumkin bo„lgan mexanizmlar ayniqsa xavfli hisoblanadi. Shuningdek
mashina va dastgohlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, 
elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va 
bug„lar ta‟siriga tushib qolish ham xavfli zonalar qatoriga kiradi. 
Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan 
asbobning sinib otilib ketishi, detall yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib 
ketib ishchilarni jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zonalar doimiy
harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo„ladigan turlarga bo„linadi. 
Qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, dastgohlarning qirqish zonalari va 
harakatlanuvchi valiklar doimiy xavfli zonaga kiradi. Harakatlanuvchan xavfli 
zonaga: potok liniyalari, konveyerlar, qirqish joyi o„zgarib turadigan agregat 
dastgohlari va boshqalar kiradi. 
Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan xavfli zonalarga: yuk ko„tarish kranlari, 
kranbalkalar, tal va telferlar kiradi. Chunki bu qurilmalar sex buylab ish joylarini 
doimiy o„zgartirib turadi va qaerda ish bajarayotgan bo„lsa, o„sha yerda xavfli zona 
vujudga keladi. 
Har qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o„rnatiladigan dastgoh va 
qurilmalarning 
hammasining 
xavfli 
zonalari, 
unga 
kishilarning 
tushib 
qolmasliklarini ta‟minlaydigan vositalar bilan ta‟minlanishi kerak. 


Bunday vositalarning ba‟zilari xavfli zona xavfini butunlay yo„qotadi, 
ba‟zilari esa, xavf darajasini birmuncha kamaytiradi. Bunday vositalar umuman 
muxofaza qilish sharoitiga ko„ra, ikki guruhga bo„lib qaraladi. Bulardan biri sexda 
hamma ishlovchilarni muxofaza qilish imkoniyatini yaratadigan jamoaviy 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling