muxofaza aslahalari va ikkinchisi ayrim ishlayotgan ishchini muxofazalash
imkoniyatini beradigan shaxsiy muxofaza aslahalari hisoblanadi.
Jamoaviy muxofaza aslahalari. Jamoaviy muxofaza aslahalari o„zining
ishlatiladigan joylariga qarab qo„yidagicha bo„linishi mumkin: ish joylari va sanoat
korxonalari havo muhitini mo„„tadillashtirish, sanoat korxonalari xonalarini va ish
joylarini yoritishni me‟yorlashtirish, ishchilarni ionlanuvchi infraqizil va
ultrabinafsha
nurlardan,
shuningdek
elektromagnit,
magnit
va
elektr
maydonlaridan, shovqin, titrash, ultratovush to„lqinlaridan, elektr ta‟siridan,
elektrostatik zaryadlardan, korxonada o„rnatilgan jihozlar, materiallar, tayyor
maxsulotlar, xom-ashyolarning o„ta issiq va o„ta sovuq ta‟siridan va nihoyat
mexanik, kimyoviy va biologik omillarning ta‟siridan muxofaza qiluvchi vositalar.
Bundan tashqari, chang va zaharli moddalarga qarshi o„rnatilgan vositalarini ham
jamoa muxofaza aslahalariga kiritish mumkin.
Shaxsiy muxofaza aslahalari. Shaxsiy muxofaza aslahalari o„z navbatida
muxofazalash sharoitiga qarab, muxofaza bosh kiyimlari, nafas olish organlarini
muxofazalovchi qurilmalar, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo„lni,
yuzni, ko„zni, quloqni muxofaza qiluvchi vositalar, yiqilib (balandlikda
ishlayotganlar uchun) tushmaslikni ta‟minlovchi va terini zararlanishdan
saqlaydigan vositalarga bo„linadi.
Paxta, to‘qimachilik va yengil sanoatda qo‘llaniladigan muxofaza
vositalari. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoatida qo„llaniladigan barcha
muxofaza vositalarini: to„siq vositalari, muxofazalash qurilmalari, chegaralovchi
va signal vositalari, blokirovka tizimlari va shuningdek mashina va mexanizmlarni
masofadan turib boshqarish vositalariga bo„lish mumkin. Bu vositalar o„z
navbatida bir necha mayda sinflarga bo„linadi. Shuning uchun bularning har birini
alohida ko„rib o„tish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |