8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 10-mavzu: Ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarning ekologik ekspertizasi Reja
97-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
organlari nazorati ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish O„zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo„mitasi organlari nazorati ostidagi ob‟ektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo„ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‟muriy jazo chorasi qo„llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo„lsa, - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o„n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo„ladi. Nazorat savollari: 1. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi? 2. Xavfli toifaga kiruvchi ob‟ektlar ro„yxati qaysi huquqiy-me‟yoriy hujjatda keltirilgan? 3. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektining qanday hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o„tkaziladi? 4. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarida qo„llaniladigan texnik qurilmalar ro‟yxati qaysi huquqiy-me‟yoriy hujjatda keltirilgan? 5. Salbiy ekspertiza xulosasi qanday hollarda rasmiylashtiriladi? 6. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektini identifikatsiyalash nima? 7. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektini ekspertizadan o„tkazish talabini buzganlik uchun qanday jazo belgilangan? 10-mavzu: Ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarning ekologik ekspertizasi Reja: 1. Yangi texnika, texnologiya va materiallarning ekologik ekspertizasini davlat va tarmoq ekspertizasiga bo„linishi. 2. Yangi maxsulotning davlat ekologik ekspertizasi - yangi maxsulot hujjatlarini (yoki namunalarini) davlat va regional (hududiy) darajadagi tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilish bo„yicha ekspertiza bo„limlari tomonidan o„rganib chiqilishi. Davlat ekologiya ekspertizasi xo„jalik qarori qabul qilinishidan oldin o„tkazilishi shart bo„lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiridir. O„zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to„g„risida”gi Qonunida (1992 yil, 9 dekabr) davlat ekologik ekspertizasi ob‟ektlari belgilab berilgan va loyihalarni davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz amalga oshirish taqiqlangan; O„zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to„g„risida”gi Qonunida (2000 yil 25 may) qo„yidagilar belgilab berilgan: a) davlat ekologik ekpertizasi sohasida maxsus vakolatga ega davlat organi – Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligi; b) davlat ekologik ekspertizasi ob‟ektlari; c) davlat ekologik ekspertizasini Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligining ixtisoslashtirilgan ekspert bo„linmalari tomonidan o„tkazilishi. Davlat ekologik ekspertizasi ob‟ektlari va davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan. Davlat ekologik ekspertizasining maqsadlari belgilanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo„jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik xavfsizligi darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiqligini baholash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo„yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash sanaladi. Quyidagilar davlat ekologiya ekspertizasidan o„tishi lozimdir (DEE ning ob‟ektlari): a) davlat dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yo„nalishlari va ishlab chiqarish quvvatlari hamda xalq xo„jaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishi loyihalari; b) har qanday turdagi qurilishlar uchun yer maydoni tanlash materiallari, rejaoldi, loyihaoldi va loyiha hujjatlari; c) ekologik holatni baholash va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog„liq tadqiqot ishlarining dasturlari; d) xo„jalik faoliyatini va tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi instruktiv-uslubiy va normativ-texnik hujjatlar loyihalari; e) yangi, jumladan chet eldan sotib olinayotgan texnika, texnologiya, materiallar va moddalarni yaratish bo„yicha hujjatlar hamda boshqa xil hujjatlar va texnika, mahsulotga oid standartlar; f) O„zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va O„zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan mahsulotlar; g) kimyoviy moddalar; h) alohida mintaqalar, joylar va ob‟ektlardagi ekologik vaziyat; i) atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatayotgan ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‟ektlar. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarning amalga oshirilishi taqiqlanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling