8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnologik
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish yaqin kelajakda ishchilarni xavfli va zararli mehnat sharoitlaridan xolos qiladi. Tez va aniq o„lchaydigan, murakkab jarayonlarni belgilangan ish tartibidan chiqib ketmasligini, sexlardagi mikroiqlim kattaliklarining (harorat, namlik, havo harakati tezligi va hok.) mo„tadil qiymatlarini ushlab tura oladigan asboblar boshqarib turadilar. Mehnat sharoitini yaxshilashning istiqboldagi yo„nalishlari texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish darajasining tez sur‟atlar bilan ko„tarilishiga bog„liq. Bu avtomatik ravishda ishlaydigan potok liniyalari, robotlashtirilgan komplekslar, integratsiyalashgan ish joylari, elektronika va mikroprotsessorlar, texnika vositalarining keng joriy etilishi hisobiga amalga oshiriladi. Texnologik jarayonda mexanizatsiyalashtirishni keng joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonlari tezligining keskin o„sishi ishchilarda asab charchashi hamda harakat koordinatsiyasining buzilishi xastaliklarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oldindan ko„ra bilish zaruriyati ortadi. Ayniqsa, tibbiy tadqiqotlar, me‟yoriy hujjatlar va mehnat xavfsizligi talablarini takomillashtirishda, mehnat sharoitlarini, ishlab chiqarish jarohatlari, portlash va yong„in omillari majmuini tahlil qilishning yangi ilmiy-texnik usullarini yaratish nazarda tutilishi kerak. Sanoat sanitariyasi bo„yicha asosiy yo„nalish-ishlab chiqarish muhitida zararli moddalarning mavjudligi va miqdorini uzluksiz, avtomatik ravishda aniqlaydigan o„ta sezgir asboblar hamda yangi usullar ishlab chiqilishi kerak. Sex havosini yangilash bo„yicha ilmiy ishlar, ishlatilgan havoni markazlashtirilgan uskunalar yordamida so„rib olish, uni chang va zararli moddalardan tejamli hamda ishonchli usullar bilan tozalash, avtomatik ravishda ishlaydigan nazorat vositalarini qo„llash, mashinalarni, sexni tozalashda vakuum uskunalar qo„llash, changni markazlashgan havo tizimlari yordamida so„rib olish rivojlantiriladi. Buning uchun o„zidan chang chiqarmaydigan, changli havoni samarali tozalay oladigan, mukammal avtomatlashgan konditsioner hamda boshqa mashina, uskunalarni yaratishdek muammolarni hal qilish zarur. Ishlab chiqarish sexlarini yoritish borasida ham ilmiy ishlar davom ettirilib, ko„zni toliqtiruvchi omillami kamaytirish, fonarsiz sexlarda inson uchun zarur bo„lgan ultrabinafsha nurlanishga ega bo„lgan sun‟iy yorug„lik manbalari qo„llashni ko„paytirish, yoritish uskunalarini ekspluatatsiya qilishning ratsional tartibini ishlab chiqish, mashinalarga o„rnatilgan yoritish asboblarini yaxshilash ishlariga katta ahamiyat berish, qandillarni tozalash va yuvish muammolari hal qilinishi lozim. Ishlab chiqarishni uzluksiz mexanizatsiyalash, mashinalar, transport vositalarining quvvati va harakat tezligining ortishi bevosita shovqin hamda titrashning ortishiga olib kelmasligi kerak. Buning uchun shovqin hamda titrash borasidagi ilmiy ishlar davom ettirilishi, shovqinlarni keskin kamaytiruvchi himoya vositalari va materiallar iishlab chiqarishga joriy qilinishi kerak. Elektr xavfsizligi bo„yicha tadqiqotlarni elektr toki, elektromagnit maydonlarining inson tanasiga biofizik hamda elektrofiziologik ta‟sirini o„rganishga yo„naltirishdan maqsad tok kuchi, kuchlanish va maydon kuchlanganligining yo„l qo„ysa bo„ladigan qiymatini aniqlash, me‟yorlarini belgilash, elektr uskunalarining yerga ulash moslamalarining mukammal sxema, konstruksiyalarini yaratish, tolali changlarning yong„in xavfi mavjudligini hisobga olgan holda, elektr yuritkichlar himoyasining ratsional sxemasini ishlab chiqish va boshqa shunga o„xshash tadbirlarni hisobga olishdir. Kelgusida mashinalar ishini boshqarishga past kuchlanishlardan foydalanish keng joriy qilinadi. To„qimachilik sanoatining barcha o„timlarida statik elektr zaryadlariga qarshi samarali antistatik moddalar qo„llash ko„zda tutiladi. Kelgusida elektr jarohatlarining barcha turlari ilmiy asoslangan statistik hisobotining yagona usulini ishlab chiqish va tadbiq qilish nazarda tutiladi. Korxonalarni sovitish hamda isitish uskunalari ish boshqarilishining to„g„ri tartibini ko„rsatuvchi, operatsiyalarning noto„g„ri tartibda bajarilishi, uskunaning o„z holicha ishlab ketishi va o„chib qolishining oldini oluvchi tizimlarga ega bo„lishi lozim. Uskunani avariya holatida o„chirish tizimi qizil rangda bo„lishi hamda shakli bo„yicha boshqa boshqarish elementlaridan farq qilishi, ularning joylashgan joyi ko„rsatkichlarga, vazifasi to„g„risidagi yozuvlarga ega bo„lishi, boshqarish uchun qulay joylashgan va uskunani avariya bartaraf etib bo„lingunga qadar, ishga tushirishga imkon bermasligi lozim. Uskunani ishga tushirishni amalga oshiruvchi boshqarish organi qizil rangdan boshqa (qora, kulrang, oq yoki yashil) rangda bo„lishi zarur. Avariyaning oldini oluvchi boshqarish organi sariq rangda bo„lishi darkor. Avariya holatida o„chirish tugmasi boshqa tugmalardan kattaroq o„lchamda bajarilishi lozim. Bir necha shaxslar tomonidan boshqariluvchi uskunaning boshqarish organlari bajarilishi lozim harakatlarning zarur tartibini ta‟minlovchi tizimga ega bo„lishi kerak. Xabardor qiluvchi elektr lampalari va boshqa xabar beruvchi qurilmalar berilayotgan xabarlarning mazmunini (“Yoqilgan”, “O„chirilgan” hamda boshqalar) bildiruvchi belgi va yozuvlarga ega bo„lishi lozim. Uskuna avtomatik rejimda ishlayotganda, sozlash tugmalari hamda qo„lda boshqarish organlari (avariyaviy o„chirish organidan tashqari) o„chirib qo„yilishi darkor (texnologik zaruriyat bilan bog„liq holatlar bundan mustasno). Avariya, nosozliklar va boshqa holatlardan xabar berish uchun uskunaning konstruksiyasida signal izatsiya, shuningdek, uskunani avtomatik ravishda to„xtatuvchi hamda energiya manbaidan uzib qo„yuvchi vositalar nazarda tutilgan bo„lishi kerak. Uskunaning boshqarish tizimi operator tomonidan xatoga yo„l qo„yilgan va boshqarish tizimida nosozliklar yuzaga kelgan hollarda xavf tug„dirmasligi lozim. Ishlab chiqarish uskunasiuning ishlash rejimi buzilganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiyaga, zarur hollarda esa, xavfli nosozliklar, avariyalar va xavfli holatlarga yaqin bo„lgan rejimlar yuzaga kelgan taqdirda, uskunani avtomatik ravishda to„xtatuvchi hamda energiya manbaidan uzib qo„yuvchi vositalarga ega bo„lishi kerak. Ishlab chiqarish uskunasining ishchi organlari yoki ularning uzatmalari energiya uzatish butunlay yoki qisman uzilib qolgan hollarda xavf tug„ilishining oldini oluvchi, shuningdek, energiya uzatish tiklangach, ishchi organlarining uzatmalari o„z-o„zidan ishlab ketishining oldini oluvchi moslamalarga ega bo„lishi darkor. Uskunalarning xavf-xatardan ogohlantiruvchi xabar beradigan (signal) elementlari sifatida tovushli, nurlanuvchan va rangli ogohlantirgichlar qo„llanishi, ular xizmat ko„rsatayotgan xodimlarning ko„rish hamda eshitish zonasida o„rnatilishi va ularning signallari ishlab chiqarish sharoitlarida farqlanuvchan bo„lishi lozim. Uskunalarni qo„lda boshqarish hamda sozlash organlarida belgilab qo„yilganidan boshqa tartibda foydalanish xavfli holatlarga olib kelmasligi yoki blokirovka yordamida bunga yo„l qo„yilmasligi kerak. Uzun o„lchamli yoki ko„zdan kechirish zonasi cheklangan uskunalarda bir nechta avariyaviy o„chirish tugmalari bo„lishi zarur. Ish joylari ko„tarish mexanizmlari yordamida tashilayotgan yuklarni ko„chirish hududidan tashqarida bo„lishi, moslama va asboblarni saqlash uchun javonlar yoki shkaflar bilan jihozlanishi lozim. Bir turdagi mayda buyumlar, yarim tayyor mahsulot hamda ishlab chiqarish chiqindilarini sexda taxlash va transportda tashish idishlarda bajarilishi kerak. Uskuna, dastgoh va mexanizmlarda begona narsalar bo„lmasligi darkor. Buyumni tozalash maxsus ajratilgan aspiratsion tizim bilan jihozlangan joylarda bajarilishi zarur. Pult yoki boshqaruv qutisi oldidagi doimiy ish joyida sozlanuvchi (burilish hisobiga, gorizontal va vertikal yo„nalish bo„yicha sozlanuvchi) o„rindiq bo„lishi hamda u amaldagi me‟yoriy hujjatlar talablariga muvofiq kelishi lozim. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling