8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
-mavzu: Atrof muhitga ta’sir qiladigan omillarni
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB)
11-mavzu: Atrof muhitga ta’sir qiladigan omillarni
baholash Reja: 1. Atrof muhitga ta‟sirni baholash (AMTB) muolajasi. 2. Atrof-muhitning ifloslanish xavfi darajasini baholash metodologiyasi. 3. Atrof muhitga ta‟sir qiladigan omillarni baholash. Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) – belgilanayotgan faoliyatning ekologik oqibatlarini tizimli ravishda tahlil qilish va baholash, manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar jarayoni, shuningdek, ushbu tahlil va maslahatlashuvlarning natijalarini mazkur faoliyatni rejalashtirishda, loyihalashda, tasdiqlash va amalga oshirishda hisobga olish hisoblanadi. Belgilanayotgan faoliyatning ta‟sirini atrof muhitga ta‟sirini baholash ekologik tartibga solishning ogohlantirish, oldini olish vositasi bo„lib, nazarda tutilgan faoliyatning ekologik oqibatlarini ushbu faoliyat boshlanishidan oldin hisobga olishga qaratilgandir. Uning asosini ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta‟sirni baholash tashkil qiladi. Belgilanayotgan faoliyatni atrof muhitga ta‟sirini baholash tizimi amalda dunyoning barcha mamlakatlarida hamda ko„pgina xalqaro tashkilotlarda qo„llaniladi. Atrof-muhitga ta‟sirni baholash: “Faoliyatning atrof- muhitga salbiy oqibatlarini rejalashtirish bosqichida aniqlash va bartaraf etish, ularni faoliyatni amalga oshirish bosqichida aniqlash va to„g„rilashga qaraganda, osonroqdir” - degan oddiy tamoyilga asoslanadi. Atrof-muhitga ta‟sirni baholash ekologik omillarni maqsadlarini belgilash, u yoki bu faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilish bosqichidayoq hisobga olish imkonini beradi. AMTB bosqichlari. AMTB bosqichlari quyidagilardan iborat bo„ladi: 1) atrof-muhitga o„tkaziladigan ta‟sir bayonoti loyihasi (AMO„TBL); 2) ekologik oqibatlar bayonoti (EOB); 3) qonunchilikda ko„zda tutilgan vaziyatlarda, atrof-muhitga o„tkaziladigan ta‟sir bayonoti (AMO„TB). AMO„TBL belgilanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan xo„jalik va boshqa turdagi faoliyatni mo„ljallash bosqichida bajariladi, davlat ekologik ekspertizasi (DEE)ga ob‟ektni moliyalashtirish boshlanishidan oldin taqdim etiladi. AMO„TBL bo„yicha DEE o„tkazilishi natijalariga ko„ra, qo„shimcha izlanishlar, ashyoviy tekshiruvlar, maxsus tahlillar, model sinovlari va asoslangan tabiatni muhoafaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqish zaruriyati aniqlanganda AMO„TB amalga oshiriladi. AMO„TB DEEga DEE ob‟ektining texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanishidan oldin taqdim etiladi. AMO„TB ishlab chiqish zaruriyati Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligining DEE bo„yicha organi tomonidan AMO„TBL ni ko„rib chiqish natijalari bo„yicha aniqlanadi. EOB ob‟ekt foydalanishga qabul qilinishidan oldin taqdim etiladi va loyihalashtirilayotgan ob‟ektlar uchun AMTB ning yakuniy bosqichi sanaladi. IV toifaga kiruvchi faoliyat turlari uchun faqatgina atrof-muhitga o„tkaziladigan ta‟sir bayonoti loyihasi (AMO„TBL) amalga oshiriladi. AMTB bosqichlarining tarkibi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling