8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

3) EOB tarkibi:
a) Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish vazirligi organlari tomonidan 
AMO„TB loyihasining ko„rib chiqilishi natijalari, shuningdek, jamoatchilik 
muhokamasiga kiritilgan takliflar bo„yicha loyihaviy qarorlarga tuzatishlar kiritish 
va qabul qilingan boshqa choralar; 
b) ekspertiza ob‟ekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
c) ob‟ektdan foydalanishning ekologik jihatlari bo„yicha kuzatuv ishlarini 
ishlarni tashkil qilish va chora-tadbirlarni bajarishga nisbatan talablar;
d) xo„jalik faoliyatini amalga oshirish mumkinligi haqidagi asosiy xulosalar.
Atrof-muhitga ta‟sir ko„rsatishning IV toifasiga kiruvchi faoliyat turlari 
uchun DEEga buyurtmachi tomonidan AMO„TBL taqdim etiladi, u o„z ichiga 
quyidagilarni oladi:
a) hududdan foydalanish turlari ko„rsatilgan holda ob‟ektning joylashuvi 
tarxi;
b) ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi, kanalizatsiya mavjudligi haqida 
ma‟lumotlar va oqava suvlarni chiqarib yuborishga talablar;


c) chiqarib tashlanadigan moddalar miqdori va tarkibi;
d) chiqindilarni joylash miqdori va shart-sharoiti;
e) tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari. 
Atrof muhitga ta’sir qiladigan omillarni baholash.
Atrof muhitga ta‟sirni aniqlash, tahlil qilish, baholash, bashorat qilish va 
talqin qilish tartibi atrof-muhitning holati, tabiiy ekotizimlar va aholi 
salomatligidagi o„zgarishlarning ko„rsatkichlari yig„indisi sifatida qaralishi 
mumkin bo„lgan ekologik mezonlardan foydalangan holda amalga oshirilishi 
kerak. Asosiy ko„rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
1.Atmosferaning o„rtacha yillik ifloslanishning kompleks ko„rsatkichi, 
quruqlik o„simliklari va suv ekotizimlariga ta‟sir qiluvchi kritik bosimlar va 
ifloslantiruvchi moddalarning kritik darajalari ko„rsatkichlari bilan ifodalangan 
atmosferaning holati. 
2. I va II xavfli toifadagi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan 
oshib ketish holatlarining takrorlanuvchanligi, patogen bakteriyalar, ichak 
tayoqchalari, blyashka hosil qiluvchi birliklar soni orqali ifodalangan ichimlik suvi 
va rekreatsion suv manbalarining holati, parazitar kasalliklar patogenlari va odam 
mikozlari. 
3. Kimyoviy va biologik belgilar orqali ifodalangan yer usti suvlarining 
holati: 
kimyoviy 
ifloslanishning 
umumiy 
ko„rsatkichi, ifloslantiruvchi 
moddalarning tub cho„kindi va gidrobiontlarda to„planish qobiliyatini hisobga 
oladigan koeffitsientlar, biotestlar. Suv resurslarining kamayish darajasi, yer usti 
oqimlarining qaytarib bo„lmaydigan miqdori bilan ifodalanadi. Tabiiy oqimning 
o„rtacha ko„p yillik qiymatining 10-20% ni tashkil etadigan yer usti oqimlarini 
qaytarib bo„lmaydigan qismini ruxsat etilgan maksimal hajmi me‟yor sifatida 
qabul qilinadi. 
4.Ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi va ifloslanish maydonining 
kattaligi bilan tavsiflanadigan yer osti suvlarining holati. 
5.Tuproqning kimyoviy va biologik ifloslanishi (YQBK dan necha marta 
ko„pligi), fizik degradatsiyasi (umumiy qishloq xo„jaligi yerlariga nisbatan ulushi), 
fitozaharliligi, senozlarning biologik mahsuldorligi xususiyatlari orqali ifodalangan 
holati. 
6.Geologik muhitning anomal texnogen deformatsiyalari, seysmikligi, 
jinslarning anomal deformatsiyalari, yer yuzasining cho„kishi, ko„chkilar, sel 
oqimlari bilan tavsiflangan o„zgarishi. 
7.O„simlik dunyosining holati, turlar populyasiyalarining zichligi - 
antropogen 
bosim 
ko„rsatkichi, 
biologik 
xilma-xillikning 
qisqarishi, 


o„rmonzorlarning shikastlanishi, ekinlarning nobud bo„lishi, hosildorlik, yashil 
plantatsiyalar maydoni va boshqalar. 
8.Biologik xilma-xillikning o„zgarishi, antropogen bosim ko„rsatkichi, 
turlarning populyasiya zichligi, ov hayvonlari sonining (zichligining) kamayishi va 
boshqalar orqali ifodalangan hayvonot dunyosining holati. 
9.Atrof-muhitning 
ifloslanishidan 
kelib 
chiqadigan 
o„ziga 
xos 
kasalliklarning paydo bo„lishi, immunitetning o„zgarishi kabi tibbiy-demografik 
ko„rsatkichlar bilan tavsiflangan aholi salomatligi holati.
10.Samarali dozaning o„rtacha yillik qiymatida ifodalangan radiologik 
xavfsizlik darajasi. 
11.Jarayonlar dinamikasi va fazoviy differensiatsiyani hisobga olgan holda 
ekotizimning tuzilishi va faoliyatining salbiy o„zgarishini belgilovchi yer 
ekotizimlarining degradatsiyasi darajasi. 
12.Hududni biokimyoviy baholash atrof-muhitning turli komponentlaridagi 
mikroelementlar tarkibidagi nisbatlarning o„zgarishi, o„simliklar va ozuqa 
tarkibidagi toksik va biologik faol mikroelementlar darajasi va boshqalar. 
13.Organizmga tushadigan issiqlik yukining miqdori va insonning issiqlik 
sezgi ko„rsatkichi bo„yicha ifodalangan hududning bioklimatik bahosi. 
Hudud va uning muammolari bo„yicha tizimlarga birlashtirilgan 
ko„rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish, tabiiy muhitning holatini va uning 
o„zgarish dinamikasini kompleks baholash imkonini beradi. 
Shunday qilib, atrof-muhitga ta‟sirni baholash hozirgi ekologik vaziyatning 
haqiqiy sababini aniqlash, uning rivojlanishining mumkin bo„lgan oqibatlarini 
ko„rsatish va tabiatdan foydalanish bo„yicha oqilona qarorlar qabul qilishning 
muqobil variantlarini aniq tasavvur qilish uchun mo„ljallangan. 
1995 yilda O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan 
hududlarni ekologik-gigienik rayonlashtirish bo„yicha uslubiy qo„llanmalar 
tasdiqlangan. Atrof-muhitning ifloslanish xavfi darajasini baholash metodologiyasi 
aholi salomatligini saqlashning ustuvor ahamiyati tamoyiliga asoslanadi. Atrof-
muhitning ifloslanish darajasi bo„yicha 5 ta asosiy gradatsiya mavjud: ruxsat 
etilgan, o„rtacha, kuchli, juda kuchli va o„ta kuchli. 
Shunga ko„ra, mazkur hududlarda kuzatilayotgan ifloslanishning xavflilik 
darajasi: ruxsat etilgan, ehtiyotkorlik chaqiruvchi, xavfli, o„ta xavfli va favqulodda 
xavfli bo„ladi.
Ekologik vaziyat zonalari esa, yo„l qo„ysa bo„ladigan holat, stressli holat, 
kritik holatdan oldingi vaziyat, kritik vaziyat va halokatli vaziyat (ekologik ofat 
zonasi) holati sifatida baholanadi. 
Atrof-muhit holatini umumiy gigienik baholash va ushbu ifloslanishning 
aholi salomatligi uchun umumiy xavfini aniqlash uchun atmosfera havosi, suv 


havzalari, vodoprovod suvlari, tuproq, sog„liq ko„rsatkichlari va aholini ichak 
infeksiyalari bilan kasallanish darajasini baholash kerak.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling