c) qo„llaniladigan texnika, texnologiya,
tabiiy resurslar, materiallar, xom
ashyo, yoqilg„i, ularning AM ga ta‟siri tahlili, ishlab chiqariladigan mahsulotning
ekologik xavfliligi;
d) kutilayotgan chiqarib
tashlanadigan moddalar, oqindilar, chiqindilar,
ularning atrof tabiiy muhit (ATM) ga salbiy ta‟siri va zararsizlantirish usullari;
e) chiqindilarni joylash, saqlash va utilizatsiya qilish;
f) belgilanayotgan yoki amalga oshirilayotgan
faoliyat va texnologik
echimlarning muqobillar variantlarining tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan,
fan, texnika va ilg„or tajriba yutuqlarini inobatga olgan holda tahlili;
g) salbiy ekologik oqibatlarga yo„l qo„ymaydigan va ekspertiza ob‟ektining
AMga ta‟sirini kamaytiruvchi tashkiliy, texnik, texnologik qarorlar va chora-
tadbirlar;
h) avariya holatlari tahlili;
i) ekspertiza ob‟ektini ro„yobga chiqarish natijasida AM o„zgarishi va
ekologik oqibatlar prognozi.
2) AMO‘TB tarkibi:
a) muhandislik-geologik
tadqiqotlar, model va boshqa zarur izlanishlar
natijalariga ko„ra tanlangan maydonning ekologik muammolarini baholash;
b) maydonning aniqlangan muammolariga nisbatan texnologiyaning
ekologik tahlili;
c) jamoatchilik muhokamalari natijalari (zaruriyat bo„lganda);
d) ekspertiza ob‟ekti ro„yobga chiqarilishining
salbiy oqibatlari oldini
oluvchi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini asosli tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: