8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Atmosfera havosining umumiy kimyoviy ifloslanish darajasini baholash


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Atmosfera havosining umumiy kimyoviy ifloslanish darajasini baholash 
uchun kimyoviy, fizik va biologik ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi: 
a) havoning ifloslanish indeksi (IZA), qiymatlari - 5-20 qiymatda bo„lsa, 5 
dan 25 ballgacha baholanadi; 
b) atmosferaning ifloslanish potensiali (PZA) - 1,8-3,3 qiymatda bo„lsa, 3 
dan 15 ballgacha baholanadi; 
v) fizik omillar majmuasi (haroratning shamol tezligi bilan birikmasi). “Yo„l 
qo„ysa bo„ladigan ekologik vaziyat zonasi” turli xil shamol tezligida 22-31°S havo 
harorati oralig„iga to„g„ri keladi va 4 ball bilan baholanadi. “Ekologik vaziyatning 
keskin zonasi” 24-33°S oralig„iga to„g„ri keladi va 8 ball bilan baholanadi; undan 
keyin 29-39°S, 33-41°S va >41°S bo„lsa, mos ravishda 12, 15 va 18 ball bilan 
baholanadi; 
d) umumiy kommunal shovqin darajasi 55 dan 70 gacha bo„lsa, 1 dan 5 
ballgacha baholanadi; 
e) atmosfera havosining biologik ifloslanishi ko„rsatkichi (YQBK dan necha 
marta oshib ketishi bo„yicha). 1 YQBKgacha biologik ifloslanish 2 ball, 1,1-4 
YQBKda - 4 ball, 4,1-8 YQBKda- 6 ball, 8,1-16 YQBKda - 8 ball, >16 YQBKda - 
10 ball bilan baholanadi. 
Atmosfera havosining ifloslanish darajasini gigienik baholash mezonlari 
ballarining umumiy yig„indisi 15 dan kam bo„lsa – “Ruxsat etilgan ifloslanish 
darajasi zonasi”, 60 dan ortiq bo„lsa, - “O„ta xavfli ifloslanish darajasi (ekologik 
ofat zonasi) zonasi” deb baholanadi. 
Suv ob’ektlarida suv ifloslanishini gigienik baholashda quyidagi 
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
a) suv omborlari suvidagi zararli moddalarning YQBK dan oshib ketish 
darajasi bo„yicha <1 YQBK (“Ruxsat etilgan ifloslanish zonasi”) da 5 ball; 1,1-
3,0YQBKda - 10 ball; 3,1-10YQBK da - 15 ball; 10,1-30YQBKda - 20 ball va 
>30YQBKda - 25 ball (“Ekologik ofatning o„ta xavfli ifloslanish zonasi”) deb 
baholanadi; 
b) suvning bakterial ifloslanish darajasi koli indeksining qiymati va ichak 
infeksiyalari qo„zg„atuvchilarining mavjudligi bilan belgilanadi. Koli indeksining 
qiymatlari (1∙10
4
dan 1∙10
7
gacha) 3 dan 15 ballgacha, patogen mikroflora mavjud 
bo„lgan namunalar uchun esa, 5 dan 25 ballgacha deb baholanadi; 
v) suvning minerallashuv darajasi 1000 mg/l dan 4000 mg/l gacha bo„lgan 
qiymatlarda 4 dan 20 ballgacha baholanadi;
d) suvning organoleptik xususiyatlari (hidi, ta‟mi) 2 dan 5 ballgacha 
bo„lganda 3 dan 15 ballgacha baholanadi; 


e) kislorodga biokimyoviy ehtiyoj (KBE) 3 mg/l dan 10 mg/l gacha bo„lsa, 2 
dan 10 ballgacha deb baholanadi; 
f) erigan kislorod ko„rsatkichi 4 dan 1 mg/l gacha bo„lganda 1 dan 5 
ballgacha baholanadi. 
Suv obektlarida suvning ifloslanish darajasini gigienik baholashda 
mezonlarining baholash ballari yig„indisi 23 dan kam (“Yo„l qo„yiladigan 
ifloslanish darajasi”) dan 92 dan yuqori (“Ifloslanishning o„ta yuqori darajasi – 
ekologik ofat zonasi)” bo„ladi; 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling