Aholining ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini baholash (100
000 aholiga) quyidagicha bo‘ladi:
a) qorin tifi isitmasi: agar kasallanish soni 2 tagacha bo„lsa - 5 ball; 2,1-4 ta
bo„lsa - 10 ball; 4,1-8 ta bo„lsa - 15 ball, 8,1-10 ta bo„lsa - 20 ball, >10 ta bo„lsa -
25 ball baholanadi;
b) paratif: 1 ta bo„lsa - 5 ball, 1,1-2 ta bo„lsa - 10 ball, 2,1-4 ta bo„lsa - 15
ball, 4,1-8 ta bo„lsa - 20 ball, >8 ta bo„lsa - 25 ball deb baholanadi;
v) o„tkir ichak kasalliklari yig„indisi (O„IK): 300 ta gacha bo„lsa - 5 ball,
301-400 ta bo„lsa - 10 ball; 401-500 ta bo„lsa - 15 ball, 501-600 ta bo„lsa - 20 ball,
>600 ta bo„lsa - 25 ball baholanadi;
d) gepatit A: 200 ta gacha - 5 ball, 201-300 ta bo„lsa - 10 ball, 301-600 ta
bo„lsa - 15 ball, 601-900 ta bo„lsa - 20 ball, >900 - 25 ball deb baholanadi.
Aholi o„rtasida ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini baholash
mezonlarining baholash ballari yig„indisi 20 dan kam (“Qabul qilinadigan daraja”)
dan 80 ballgacha (“O„ta xavfli daraja - ekologik ofat zonasi”) bo„ladi.
Hududni to‘liq gigienik rayonlashtirish uchun aholi zichligini tavsiflovchi
ko‘rsatkich hisobga olinadi. Aholi zichligi 200 kishi/km
2
gacha bo„lsa - 1 ball,
201-300 bo„lsa - 2 ball, 301-400 bo„lsa - 3 ball, 401-500 bo„lsa - 4 ball, >500
bo„lsa - 5 ball deb baholanadi.
Hududni 5 – “O„ta xavfli ifloslanish zonasi (ekologik ofat zonasi)” deb
tasniflash to„g„risida qaror qabul qilishda aholi salomatligi va ichak infeksiyalari
bilan kasallanish ko„rsatkichlari (1 va 2-ko„rsatkichlar) ustuvor yo„nalishlar
hisoblanadi.
Boshqa barcha hollarda, barcha 7 ta ko„rsatkich bo„yicha baholash
ballarining yig„indisi hisoblanadi. Shu bilan birga, baholash ballari yig„indisi 129
dan kam (“Ruxsat etilgan ifloslanish darajasi”) dan 558 dan ortiq (“Ifloslanishning
o„ta xavfli darajasi - ekologik ofat zonasi”) oralig„ida o„zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |