8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari. 


Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining 
meteorologik sharoitlari havo harorati (°S), nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm. 
simob ust. yoki Pa) havo tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. Bulardan tashqari, 
meteorologik sharoitga ta‟sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud, ya‟ni 
ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan 
materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining 
oshishiga olib keladi. Bu omillar ta‟sirida ishlab chiqarish zonasidagi hosil 
bo„ladigan havo muhiti sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi
yengillashadi va yuqoriga ko„tariladi, uning o„rnini esa, undan sal og„irroq sovuq 
havo egallaydi, o„z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga 
ko„tariladi. Shunday qilib, havo doimiy harakatda bo„lgani uchun faqat issiq 
jismlar atrofidagi havo isib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma 
yeridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konveksion issiqlik uzatilish yo‘li 
deyiladi.
Hamma qizigan jismlar o„zidan nurlar chiqaradi. Nurlar xarakterli jismning 
haroratiga bog„liq bo„ladi. Issiqlik ajralib chiqaradigan jismlarning harorati 500
o

va undan yuqori bo„lsa ko„zga ko„rinadigan yorug„lik nurlari bilan birga, ko„zga 
ko„rinmaydigan infraqizil nurlar ajralib chiqa boshlaydi.
O„zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000
o
S va undan 
yuqori bo„lganda, yorug„lik va infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha 
nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini 
isitmaydi, lekin ular tarqalish yo„lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda 
qisman yutiladi, yutilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish 
natijasida jismlarni qizdiradi va o„z navbatida qizigan jismlar issiqlik manbai 
bo„lib, atrofdagi havoni isitadi.
Havoda har doim bir oz miqdorda suv bug„lari bo„ladi. Bir kilogramm yoki 
bir kubometr havodagi suv bug„larining maksimal miqdori (gramm hisobida) 
uning maksimal namligini belgilaydi. Maksimal namlik havo haroratiga 
bog„liqdir, havo harorati qanchalik yuqori bo„lsa, unda suv bug„lari shunchalik 
ko„p bo„lishi mumkin, ya‟ni uning maksimal namligi shunchalik katta bo„ladi.
Ayni vaqtdagi bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug„larining 
miqdori havoning absolyut namligi deb ataladi. Ayni haroratda absolyut 
namlikning maksimal namlikka bo„lgan nisbati havoning nisbiy namligi deb 
ataladi va u protsentda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta 
ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan 
foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa 
yoki qaynatiladigan bo„lsa va ulardan chiqadigan bug„ tepaga to„siqsiz ko„tarilib 


ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga yetishi mumkin. Bunday 
havoning qo„shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo„ladi yoki 
tomoman yo„qoladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling