"Umumiy pedagogika"fanidan oraliq topshirig’i 33-bilet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika


Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi


Download 13.33 Kb.
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi13.33 Kb.
#1191434
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Umumiy pedagogika“fanidan oraliq topshirig’i 33-bilet-fayllar.org

Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi.


  • Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi.

  • Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablar ko’p asrlik hukmronligining o’rnatilishi bilan bog’liq. O’rta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-644 yil atroflarida boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so’ng faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo’lishi oqibatida O’rta Osiyo ikki qismga bo’lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig’i») va 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo’ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.


Diniy ta’lim tizimiMusulmon dunyosida diniy ta’limning tashkil etilmagan shakli asosiy bo’lib, unda ustoz-shogird binomi muhim rol o’ynaydi. Maktab-madrasa tizimi vujudga kelishida metsenatlik (homiylik) hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qildi. Davlatning yoki shahar boylarining homiyligi bu tizim bitiruvchilariga o’ziga xos ijtimoiy buyurtma vazifasini o’tar edi. Avvaliga ijtimoiy vazifa hisoblangan o’quv jarayonini tashkil etish ustidan nazorat etuvchi shayx al-islom mansabi ham ko’p o’tmay davlat e’tiborini o’ziga qaratdi. Natijada diniy ta’lim tizimini tashkil etish jamiyat hayotida strategik omillardan biriga aylandi. Kim bu jabha ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqara olsa, u jamiyat rivojlanishi yo’nalishlarini belgilay boshladi.

2.Qur’on Karim-axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.


  • 2.Qur’on Karim-axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.

  • “Qur’on” – arabcha “qara’a ” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nushalarining bir – biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. «Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikkatinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy kamolga etishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz.

Download 13.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling