Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Download 1.92 Mb.
bet119/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi nutqning o’sishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi..
Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob’ekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e’tibor berishi lozim.
Eksperiment metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi.
Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish (interaktsiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi.
Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funktsiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundamer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, elektroentsefalogramma kabilardan foydalaniladi12.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling