Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Download 1.92 Mb.
bet123/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Test metodi. Test-inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi.
Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga bog’liqdir.
1905 yildan, ya’ni frantsuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llanana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi
Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSh, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o’zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko’nikma hamda malakalarni aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog’liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar.
Sobiq ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan boshqacha printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko’rsatkichi (indikatori) bo’lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar.
Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi.
Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:
1.bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo’ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va kasb ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi)
2. Insonning aql idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga mo’ljallangan testlar intelekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, ta’siflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
3.Ijodiyot ( kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va baholashga mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi: egiluvchanligi , tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga yo’naltiriladi.
4.Mezonga mo’ljallangan (kriterial orientirlangan) testlar tekshiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo’ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. U (mezon o’quv jarayonni tashkil etishda teskari aloqaning instrumenti tariqasida gavdalanadi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-psixologik tuzilishini tahlil qilish asosida quriladi.
Bunda metodika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim.
5.Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga munosabati, emotsional holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o’rganish shkalalari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash, baholash, o’zini-o’zi baholashga yo’naltirilgan bo’ladi. Shuningdek, sub’ektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qamrab oladi.
6.Proektiv testlar (lat. Prochestio-oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi): proektsiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o’rganishga qaratilgan metodlar majmuasi proektiv testlar deyiladi.
7.Psixologik himoyalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o’ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar turkumi assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psixodrama, o’yinlar, ishbilarmandlik o’yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini sub’ektning shaxsan o’zi to’laroq namoyish etishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa ( maqsadga) erishish testlari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy taraqqiyot darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari(savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatlarining «loyixasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling