Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Download 1.92 Mb.
bet164/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ta’lim psixologiyasi - pedagogik psixologiyaning eng muhim qismlaridan biridir.
Ta’lim - juda keng ma’noga ega bo`lib, u bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish, o`rganish, o`rgatish jarayonidir. Bu ta’rif xozirgi zamon ta’limi uchun yetarli emas. Chunki xozir mustaqillik davrida ta’lim o`zining mazmuni bilan o`quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar berish bilan birga, o`quvchilarni xozirgi zamon ruxida milliy kadrlar, jaxon madaniyati va maorifining ilg`or g`oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi ta’lim xamdir.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon;
1-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan,
2-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir.
Demak, ta’lim jarayoni o`rganish va o`rgatish, o`rganib olish va uni xayotga tadbiq etish xususiyati bilan izoxlanadi.
O`rganish (o`qitish) - bu o`qutuvchining o`quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar berish, ularda yangi xaqiqatni ochishga qodir bo`lgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
O`rganish- bu o`quvchilarning o`qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, o`zlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va xarakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu passiv mushoxada jarayoni emas, balki o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda qayta ishlash jarayonidir.
O`rganishning asosiy mohiyatii shundaki, bunda – o`qish jarayonida o`quvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish ko`nikmasini o`z ichiga oluvchi aqliy va jismoniy mehnat elementlarini o`ziga sindiradi.
Ta’limning muvaffaqiyati o`quv materiallarning mazmunigagina, ta’lim usullarigagina emas, balki u ko`p jixatdan o`quvchining qanday o`qiyotganligini bilishga, ya’ni o`quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o`zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga xam bog`liqdir.
O`qish jarayoni - o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga xam, uning psixik rivojlanishining (aqlliy, emosional, irodaviy jixatdan) individual tavsifnomasiga, unda o`qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning qizikish-xavaslariga bog`liqdir. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayoni o`quvchiga nimani va qanday qilib o`zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, ya’ni sirtdan ta’sir qiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o`quvchining individual-psixolok xususiyatlariga bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Ta’limni ijodiy o`zlashtirish, o`rganish, bilim egallash 3 omilga:
1. Nimani o`qitishga;
2. Kim o`qitadi va qanday o`qitishga;
3 Kimni o`qitishga bog`liq.
1- xolda: o`qitisht xarakteri o`zlashtirilayotgan materiallarga, uning mazmuniga va qanday tizimda yetkazib berilayotganligiga bog`liq.
2- xolda: a) o`qituvchining uslubiy maxoratiga;
b) ish tajribasiga;
g) uning bilimiga bog`liq;
3- xolda: a) kimni, qanday o`quvchini o`qitishtga;
b) psixik rivojlanishining individual tavsifnomasiga;
v) qiziqsh va xavaslariga bog`liqdir.
O`rganish - bilimlarni o`zlashtirish informatsiya olish, esda saqlash va uni anglab qolishnigina emas, balki bilimlarni keyinchalik, o`quv ishida shuningdek, mehnat jarayonida, umuman turmushga tadbiq qilish qobiliyatiga ega bo`lishdir.
Bilimlarni o`rganib olish, uni o`zlashtirish quyidagi psixologik kompenentlar asosida bo`ladi.
1. O`quvchilarning o`qishga ijodiy munosabatda bo`lishi :
2. Material bilan bevosita tanishish jarayoni :
3. Olingan materialni faol ravishda qayta ishlash jarayoni bo`lgan fikrlash (tafakkur )
4 Qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotni esda olib qolish va esda saqlash jarayoni.
Agar o`quvchida o`zlashtirishning ana shu komponentlarini(tarkibiy qilishlarini) xisobga olib ta’lim berilsa, xar bir komponentda ta’limni o`zlashtirish jarayoniga e’tibor berilsa, o`quvchi uni muvafaqqiyatli o`zlashtiradi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling