Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Download 1.92 Mb.
bet165/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

O`rganish – yo`l-yo`lakay, tasodifiy va rejali bo`lishi mumkin. Yo`l- yo`lakay o`rganish - turli material va informatsiyalarni turli sharoitda o`rganishdir. Bunda o`quvchi materialni izlanishlar, ko`p kitoblarni mutolaa qilish orqali o`rganadi. Bunday o`rganish inson xayotining turli faoliyatlari davomida ro`y beradi.
Rejali o`rganish esa materiallarni muntazam ravishda reja asosida , maqsadga qaratilgan faoliyat orqali o`rganish demakdir. Shuning uchun xam o`rganish – faoliyat xisoblanadi. O`rganish bu stixiyali jarayon emas, balki u maqsadga qaratilgan, rejalashtirilgan jarayondir. O`rganish - materialni o`zlashtirish – bu ongli jarayondir. Shuning uchun u faol jarayon xamdir. Chunki o`quvchi o`qituvchi tomonidan idrok qilingan materialni o`zining tajribasiga , xayotga bog`lash bilan voqelikka ongli munosabatda bo`ladi.
O`rganish jarayoni o`qituvchi shaxsiga, uning pedagogik faoliyatga qanday tayyorgarligiga, o`z bilimlarini o`quvchilar ongiga yetkazib berishiga unda o`quvchilarning xususiyatlarining xisobga olishga, ta’limni xayotga va bolalar tarbiyasiga bog`lab olib borishga bog`liqdir. Demak, o`rganishning xar ikkala tomonlama jarayon ekanligi, u o`quvchi va o`qituvchi faoliyatini boshqarilishini talab qiladi.
2. O`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonini boshqarish - pedagogik psixologiyaning xal qilinishi lozim bo`lgan masalalardan biridir.
Ko`pchilik psixologlar ta’lim jarayonini, ya’ni o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish qiyin deb ta’kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib bo`lmaydigan jarayon deyish noto`g`ridir. Chunki bu aniq maqsad ko`zlab ta’lim berish g`oyasiga ziddir. Biroq, o`qituvchi ta’limni tashkil etadi, unga raxbarlik qiladi, uni amalga oshiradi deyish xam uni boshqariladi degan ma’noni bermaydi. Chunki biz boshqariladigan ta’lim deb shunday ta’limni aytamizki, bunda xar bir bolaning xarakatlari nazorat kilinishi, o`qituvchi ta’limning xar bir bosqichida o`quvchilarni bilimlarni o`zlashtirishi yoki muayyan ko`nikma va malakalarni xosil qilish xaqida uzluksiz axborot olib va yangi materiallarni xamda o`tilgan materiallarni o`zlashtirilganligi xarakteriga qarab taqdim qilinishi lozim. O`qituvchi ta’lim jarayonida o`quvchilaring bilimlarni o`zlashtirish jarayonini va aqliy rivojlanishning borishini xamma vaqt xam nazorat qila olmaydi. Bu xozirgi ta’lim jarayoning jiddiy kamchiligidir.
Jahon psixologlarining fikricha, bilimlarning boshqarishning mumkin bo`lgan yo`li - o`zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqning o`zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu sohada yaxshiroq ishlangan tizim P.Ya.Galperinning aqliy xarakatlarini etap(bosqichma-bosqich) bo`yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta’lim tizimidir. Bu nazariyaga muvofiq, odamning ontogenetik rivojlanishidagi xarakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya’ni tashqi xarakatlarning asta-sekin ichki aqliy xarakatlarga aylanishi jarayonlari ro`y beradi. Dastavval o`quvchilar tashqi moddiy xarakat bilan ish ko`radi «faqat shundan keyingina xarakatning integratsiyasi: ya’ni uning ichki xarakatga, endi butunlay bolaning aqlida voqe bo`ladigan xarakatga aylanishi ro`y beradi», deb yozadi A. N. Leontev .
Ta’lim jarayonini boshqarishda P.Ya.Galperinning o`zlashtirish jarayonini maxsus tashkil qilish, ta’limni etaplar asosida tashkil qilish nazariyasi muhimdir.
Bu etaplar quyidagicha :
I –bosqich - Bolaga o`zlashtirish uchun yo`l-yo`riqlar ko`rsatilmaydi.
II-bosqich - O`zlashtirish uchun yo`l-yo`riqlar ko`rsatiladi va o`quvchi uni bajarishga kirishadi.
III-bosqich - Moddiy xarakat bosqichi bo`lib, bunda xarakat yo predmetlarda yoki ularning tasvirlarida (sxema, chizmalar, maketlar va xokazo) olib boriladi, ular narsalar bilan taqqoslaniladi.
IV- bosqich - Keyin shu xarakatlarning uzini narsalarga tayanmay baland ovoz(nutq) vositasida bajariladi.
V- bosqich - baland ovoz vositasida xarakat qilishni ichki rejaga kuchirish – bu xuddi o`sha tashqi nutqning o`zi, lekin «o`z ichida xarakat qilishi»dir.
VI- bosqich – ichki nutqdagi «o`zi uchun» xarakat qilishidir.
Aqliy xarakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish shu jarayon qaysi shart va usullar yordamida tarkib topgan bo`lsa, ana shu shart va usullar tizimi tomonidan determinlashtirilgan ekan, bu ularni egallash, boshqarishi mumkin ekanligini anglatadi. P.Ya. Galperin raxbarligida o`tkazilgan tadqiqotlar fikrlash xarakatlarini ko`rsatib o`tilgan printsip bo`yicha tarkib toptirish ta’lim jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
2. Kishining faoliyat jarayoni odamning o`zini o`rab olgan ob’ektiv dunyoga faol munosabatda bo`lishining eng muhim shakllaridan biridir. Shu faoliyat tufayli odam bilan tashqi dunyo o`rtasida real boglanish amalga oshadi.
Pedagogik psixologiya o`quv xolatlaring asosiy shakllarini o`yin, taqlid qilish, mehnat, takrorlash va yod olish, sinab ko`rish va xatolarni aniqlash, mashqlanish va o`quv vazifalarini xal qilish, mustaqil fikrlash, shuningdek, xissiy aloqa qilish, narsalarni qo`l bilan xarakatga keltirish rolli o`yinlar, o`quv professional faoliyat kabilar bilan belgilaydi. Bularning xammasi ta’limni muvaffakiyatli o`zlashtirishga, o`rganish faoliyatini yengillashtirishga, yangi bilimlar xaqida chuqur tasavvurlar qoldirishga, ularni xotirada uzoq vaqt saqlab turish va kerak vaqtda esga tushirishga yordam berish asosiy omillardan xisoblanadi.
O`yin bolalarning ijodiy faoliyati bo`lib, atrof xayotdagi voqelikni aynan o`zidagidek emas, balki uni o`zicha aks ettirish, ba’zi narsalarni o`zlashtirish, o`ziga o`ylab chiqarish jarayonidir. Bolalar o`yinlarda xayol qiladi, ijod qilish elementlari ko`rinadi, fikr yuritadi, ularni o`z nutqida bayon etish orqali rivojlanadi.
Mehnat faoliyati o`quvchi shaxsiga xar tomonlama ta’sir qiladi. Xar tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti, shaxsning ongli faolligidir. Mehnatda o`quvchi shaxsining xarakteri va irodasi tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi. Mehnat faoliyati o`quvchilarda narsalarning uzini va ularning shakllarini, xarakatlarini masofani va boshqalarni esda koldirish bilan bog`liqdir. Odamning ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati xar vaqt ma’lum motivlarning bo`lishini takozo qiladi. Mehnat faoliyatida motivlar odam extiyojlari sababli paydo bo`ladi. O`quvchilarning o`quv faoliyatiga qiziqshlari u yoki bu fanning o`zlashtirishga intilishi, bilimlarini kengaytirish xam ma’lum motivlar asosida bo`ladi.
O`qish faoliyati jarayonida o`qish, o`rganish motivi uzgaradi va tarkib topadi. O`qish faoliyati dastlabki yillarda o`quvchi uyda uni urishmasliklari uchun, yaxshi baxo olish maqsadida o`qishi mumkin. O`rta maktab yillarida o`quv predmetlariga differentsial qiziqsh paydo bo`ladi va shu asosda fan muammolariga qiziqsh yuzaga keladi va natijada o`smirlarda bilimga bo`lgan qiziqshlarini qondirishga qaratilgan bilimlarni egallash motivlari paydo bo`ladi.
Ma’lumki, 1997 yil 25 avgustda «Ta’lim to`g`risidagi qonun» qabul qilindi. Uning II bobida ta’lim tizimi va uning turlari aniqi ko`rsatib berildi. Unga muvofiq, ta’lim o`z Davlat tili, dasturi va ta’lim muassasalarni bilan belgilanib, u yagona va uzluksiz ta’lim tizimidir. «Ta’lim to`g`risidagi Qonun»ga binoan, bolalar yoshligidan boshlab to ishlab chiqarish jarayonida xam ta’lim olish xuquqiga xaqlidirlar. Umrining oxirigacha xam inson voqelikni tinmay o`rganib boradi. Ta’lim turlari maktabgacha ta’lim, umumiy va urta ta’lim, o`rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy o`quv yurtlaridan keyingi ta’lim, malaka oshirish, maktabdan tashqari ta’lim, oiladagi ta’lim tizimi bilan izoxlanadi. Bu ta’lim tizimi yoshlarga bilim, ko`nikma va malaka berish bilan kifoyalanmay, balki ularning komil inson qilib yetishtirish kabi buyuk vazifalarni bajaradi.O`quvchilar bilimi xayot tajribalari bilan bog`langan bo`lishi lozim.
Fan asoslarini xayot bilan, mustaqil rivojlanish amaliyoti bilan mustaxkam bog`lab o`rganish, uni ishlab chiqish mehnati bilan kushib olib borish talab etiladi. Shundagina o`quvchilar bilimlarini oshishi va boyishi uchun, o`quvchi shaxsning tarkib topishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.
O`quv amallari va o`rgatuvchi amallar o`quvchini nazariy olgan bilimlarini amalga tatbiq qilishda, bevosita ishlab chiqarish (zavod, fabrika, qurilish va xokazo)bilan bog`liq bo`lishda katta axamiyat kasb etadi va bolani kelgusi xayotga, faoliyatga, kasbga tayyorlaydi.
4.Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga xam bog`liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.
Ichki omillarga –diqqat va ustanovkalar kiradi. Ya’ni ta’lim jarayonida o`qituvchining o`quvchilar diqqatini tashkil qilishi, ularni turli xolatlarida turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olish, diqqatning barqarorlik va ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib o`quvchi diqqatini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o`quvchilarning xam o`ziga jalb qilish, o`zlashtirishga qiynaladigan, diqqati tarqoq o`quvchilar bilan o`zaro munosabatlar o`rnatish ta’lim muvaffaqiyatini belgilaydi.
Bola xar qanday ta’lim jarayonida xam, u bolani qiziqtiradimi, zeriktiradimi undan qat’iy nazar, dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari ko`p jixatdan o`qituvchi shaxsiga bog`liqdir.
Shuningdek, ichki omillarga o`quvchining dangasaligi, ishyoqmasligi, o`z irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi xam kiradi.
Tashqi omillarga o`quv materiallarining mazmuni va shaklini maqsadga yunaltirish darajasi, o`quvchining bir sinfda ikki yil qolishi, bir maktabdan ikkinchisiga ko`chib o`tishi, o`qituvchilarning o`zgarib turishi va ularni o`quv jarayoniga munosabati, o`quvchini kasal bo`lib qolishi kabilar kiradi. Bular o`quvchilarni bilimlarni o`zlashtirishi va uni o`qib olishga ta’sir qiladi va xatto o`zlashtirish jarayonini pasayishga sabab bo`ladi.
Ta’lim mazmunini tula va chuqur o`zlashtirishda takrorlash muhim axamiyatga ega. Buning uchun takrorlash aniqi bir maqsadga qaratilgan bo`lishi, u ongli ya’ni anglangan bo`lishi, takrorlash materialni esdan chiqarmasdan oldin bo`lishi, takrorlashda assotsiatsiya qonunlariga rioya qilib, materialni bir-biriga bog`lab takrorlanishi, qiyin materiallarni eng muhim xususiyatlarini ajratib, uni yon daftarga yozib yoki tagini chizib takrorlash muhimdir.
Eng asosiy takrorlangan materialni ongda qayta jamlab chiqishdir. Bunda o`qib o`rganilgan material yotish oldidan yoki boshqa mashg`ulotlar bilan shug`ullanish jarayonida uni ichida takrorlab chiqilsa o`zlashtirilgan va o`zlashtirilmagan material aniqi bilib qoladi va o`quvchi o`zlashtirmagan materialni kitobni ochib o`qib olsa u material uning bilim boyligiga aylanadi.
Takrorlashda yod olishni tashkil qilish xam ahamiyatlidir. Yod bo`lishi mumkin. Lekin materialni yod olishda uning mazmuniga aloxida e’tibor berish lozim. Agar yod olinayotgan materialni mazmuniga tushunib, uni bir-biriga bog`lab uqib olishga e’tibor berilmasa, unday xolda quruq yod olingan material tezlik bilan unutiladi yoki u o`quvchidan baxo olgunga qadar yetadi va keyin esidan chiqadi.
O`qituvchi o`quvchilarni o`quv materiallarni o`zlashtirishlarida bunga albatta e’tibor berishlari lozim.
Shuningdek, ta’lim jarayonida o`qituvchi bergan yangi bilim va informatsiyalarni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilganliklarini bilishda ta’limdagi kaytarma aloqa muhimdir. Qaytarma aloqa jarayoni xamma jarayonlardan xam ayniksa yangi mavzularni mustaxkamlash yoki o`tilgan mavzuni takrorlash jarayonida bo`ladi.
O`qituvchi sinf o`quvchilarini o`zlashtirgan yangi mavzu mazmunini aniqilashda mavzu bo`yicha kuplab mayda savollar berish va kartochkalar tarkatish orqali amalga oshirish mumkin. Qaytarma aloqa orqali mavzuni mazmunini qanday o`zlashtirib olganini aniqilash va u kelgusi mavzuni muvaffaqiyatli o`zlashtirish garovi bo`ladi.
Bilimlarni o`zlashtirib borish turli ko`nikma va malakalar xosil qilishga ta’sir ko`rsatadi. Xar qanday ko`nikma bilimlarsiz bo`lmaydi. Ta’limiy ko`nikmalar ( yozish, o`qish va xisoblash o`rganib olish) ko`nikmani birinchi turiga kiradi. Ko`nikma va malakalarni ikkinchi turiga umumiy mehnatga doir bo`lib, ular kasb-xunar ta’limi jarayonida takomillashadi. Shuningdek, bu ko`nikma va malakalar sinfdan tashqari mashg`ulotlarda fanlar bo`yicha to`garaklarda, qo`l mehnati darslarida: qog`ozdan, kartondan, gazlamalardan, plastilindan, turli narsalardan tayyorlash yo`li bilan xosil qilinadi.
Xar bir o`qituvchi ko`nikma va malakalar xosil qilishni qonuniyatlarini bilmog`i lozim .
Ko`nikma, malakalar quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi.

  1. Malakalar xosil qilishdagi notekisliklar (ya’ni: bunda ijobiy yutuqlar bilan birga xato, noto`g`ri xarakatlar xam qilinadi.) Xamma o`quvchilarda xam malakalar bir xil shakllanavermaydi.

  2. Malakalar kuchishi va tormozlanishi mumkin. Bunda(belgilari mustaxkamlangan malakalar yangi malakalarni xosil qilishga ijobiy ta’sir qiladi) va yangi malakalarni o`zlashtirishi tezlashadi.

  3. Malakalar yuksalishi va pasayishi mumkin.

Bunda mashq katta rol o`ynaydi. Ta’lim jarayonida bilim va tushunchalar shakllanib borishi muhim masalalardan biridir.
Xar bir fanlar bo`yicha beriladigan bilim va tushunchalarni o`zlashtirish jarayoni bevosita o`quvchilarni psixik jarayonlarni rivojlanib borishiga ularda qobiliyat va qiziqishlarning shakllanishiga ta’sir ko`rsatish bilan birga ularni aqliy va axloqiy jixatdan shakllanishiga yordam beradi. Chunki umumiy ma’lumotlar maktablarda fan asoslari, ya’ni o`zaro mantiqiy bog`langan, o`quvchilarni yoshiga mos va tabiat jamiyat xamda tafakkurning muhim taraqqiyot qonunlarini to`g`ri tushunishga yordam beruvchi fanning asosiy tomonlari o`rganiladi. Shuning uchun xam o`quv fanlarining tuzilishi dasturlar maktabning ta’lim-tarbiya vazifalariga, o`quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan bo`lishi lozim. Shundagina yosh avlodni xar tomonlama kamol topgan shaxs qilib tarbiyalashda katta axamiyat kasb etadi.
Ilmiy tushunchalarni egallash, muayyan faktlarni turmushdagi narsalar orasidagi bog`lanishlarni idrok qilish, ularni izoxlay bilish, mustaqil ravishda umumlashtira olish va xulosalar chikqara bilish demakdir.
Boshlang`ich sinfdanoq tabiat va jamiyat xayotidagi xodisalar qonuniyalarni ochib berish va ularni o`quvchi ongiga singdirish jarayonida o`quvchilarni chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollantirib borish, maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun o`qituvchi o`z fanini qanchalik sodda usulda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy bo`lishni talab qiladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi to`g`risidagi talab o`qituvchining o`quv materiali mazmunigagina emas, balki uning shu materialni yoritib berish xarakteriga va o`quvchilarning bu bilimlarni o`zlashtirib olishlariga xam bog`liqdir.O`qituvchi o`quvchilarni o`ylashga, fikr yuritishga o`rgatishi zarur.
O`rganilayotgan voqealar va narsalarni ular xaqidagi ogzaki axborotlarni idrok etish jarayoni, tasavvurlar, obrazlar tushunchalarni tarkib toptirish jarayoni belgilarni taqqoslash, chog`ishtirish, qilishlarga ajratish, umumiy jixatlarni topish, analiz va sintezni o`z ichiga oluvchi aktiv tafakkur shuni talab qiladi.
Bilimlarni o`zlashtirish, tushunchalar xosil qilish jarayoni bu bilan tugallanmaydi. O`quvchilar bilimlarni to`g`ri o`zlashtirganliklarini, ular olgan bilimlarni yangi voqealarni bilib olishga qanday tadbiq eta olishlarini, yangi fakt va misollarni tushuntirishga, yangi ob’ektlarining ma’lum xossalarini topishga, amaliy vazifalarni xal etishga qanchalik tadbiq eta olishlarini aniqilash yo`li bilan tekshirish talab qilinadi.
Natijada o`quvchilar o`zlashtirgan bilim va tushunchalarning xaqiqiy ekanini tasdiqlaydilar va ular ongida tarkib topayotgan tasavvurlar, tushunchalar voqelikni qanchalik to`g`ri aks ettirishni aniqilash imkonini beradi.
O`quvchilarning fikr yuritish faoliyati maxsus aqliy jarayonlar asosida amalga oshadi. Ya’ni materialni muhim va muhim bulmagan xususiyatlarni aniqilash, ular uo`rtasidagi tafovutlari belgilash orqali bola mustaqil fikr yuritadi.
Pedagogik psixologiyada o`quvchilarning aqliy faoliyatida konkretdan abstrakga - buyumlar va xodisalarning o`zini qurishdan ular xaqida tushunchalar tarkib toptirishga xamda ta’riflar, qonunlarni o`zlashtirishga, buyumlar tushunchalarning umumlashtirilgan umumiy xususiyatlari va sifatlari xaqida mavxum fikr yuritishga o`tish jarayoni katta o`rin egallaydi. Ta’lim jarayonida ijodiy tafakkur shakllanib boradi. Ijodiy tafakkur maqsadni amalga oshirish yulida tugiladigan savollar asosida («bu nima uchun shunday qilingan», «bunday qilsa bulmaydimi?» va x.k) paydo bo`ladi va savollarga javob beruvchi ish-xarakatlarni tasavvur qilish va o`ylashda rivojlanadi.
Ijodiy tafakkur amaliy tafakkur (tevarak-atrofdagi vokelikni o`zlashtirish yuli bilan uzimizga kerakli real narsalarni va xodisalarni olishga yoki yaratishga qaratilgan tafakkur) asosida paydo bo`ladi.
Amaliy tafakkur o`ziga xos xususiyatga ega. Ya’ni amaliy muxokamalarda o`quvchini ob’ektlarga, muayyan maqsadlarga ta’sir o`tkazish yo`li bilan shu ob’ektlarga o`zgartirish mumkinligiga qat’iy qilib aytiladi yoki rad qilinadi. Natijada «buni bunday qilish mumkin yoki qilib bulmaydi», «bu mana shunday qilinadi» deb uni o`z muxokamalarida aks ettiradi. Maktablarda ko`pincha fanlarni o`rganish vva uni sanoatda, qishloq xujaligida tadbiq qilish o`quvchilarning ijodiy tafakkurini o`sishiga yordam beradi.
O`quvchilarda texnika ixtirochilik, sanoat, qishloq xo`jaligi masalalariga bo`lgan qiziqshlar, modellar, konstruktsiyalar yasash, elektrotexnika bilan shug`ullanish, dala ishlarida qatnashish kabilar ijodiy tafakkurni shakllanishi va rivojlanib borishida eng asosiy usullardadir.
Xozirgi kunda o`quvchilarning bilish faoliyatini faol, mustaqil, ijodiy tafakkurini avj oldirish maktab ta’limining eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Demak, ta’limning asosi - o`qituvchining o`quvchilarga yetkazadigan mo`l-ko`l axborotini esda olib qolish emas, balki bu axborotni olish jarayonida o`quvchilarning o`zlari aktiv ishtirok etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini, ma’lumotni oshirish qobiliyatini asta-sekin shakllantirib borishdan iborat bo`lmog`i lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuni nazarda tutadiki, boshqa muhim masalalar qatorida Milliy qayta tiklanish mafkurasi va jamiyat boyliklari asosida o`quvchilarni ma’naviy va axloqiy xislatlarini o`stirish, o`quvchilarning xulq madaniyatini shaklantirish, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish orqali xaqiqiy inson qilib tarbiyalash lozim.
Xozirgi zamon tarbiyasining maqsad va vazifalari avvalo, yoshlarni chinakam ma’rifatli kishi qilib, inson qadrini, milliy qadriyatlarini o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimining jaxon xamjamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egalaydigan fidoyi insonni tarbiyalashdir.
II. Tarbiya - maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadining mavjudligi bilan, ta’sir ko`rsatishining maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari shakllari xamda usullarini qo`llanishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi. Sog`lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukkammal shaxs vujudga kelmaydi.
O`quvchilarning xayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil qilish, ijobiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi shaxsning tarkib topishida muhim axamiyatga ega. Ma’lumki, birgina faoliyatning o`zida shaxsning xar-xil va xatto bir-biriga qarama-qarshi sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Buning asosida maktab o`quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o`quvchining o`zi uchun qanday ma’noga ega bo`lishiga qarab, unda xar-xil sifatlarni tarkib topishiga sabab bo`ladi.
M: O`quvchi o`rtog`ini printsipial asosda tanqid qilsa – unda qat’iylik, xalollik; agar o`z aybini o`rtog`iga quyish bo`lsa – xudbinlik individualizm, egoizm paydo bo`ladi.
Faoliyat – odamni shaxs sifatida shakilantirish asosi xisoblanadi. Bola o`yin, o`qish va mehnat faoliyatiga qanday munosabatda bo`lsa, unda shu faoliyat asosida ijobiy va salbiy sifatlar shakllanishi mumkin. O`qish va o`yinga ijobiy munosabat, ilmga intilishga qiziqsh, mehnatsevarlik kabilar bilan, salbiy munosabat esa ishyoqmaslik, dangasalik o`zini idora qila olmaslik kabilar shakllanishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun xam faoliyatining yetakchi tiplarini uyushtirish bola shaxsini shakllanishiga maqsadga muvofiq ta’sir etish vositasidir.
Axloqiy extiyojlarning tub mohiyati bu:
1) insonning axloqiyligi boshqalar bilan muloqotda bo`lishini ijtimoiy shart-sharoit mavjud bo`lishini;
2) indivdual ongning axloqiy tomonlarni shakillanishini ijtimoiy shart-sharoitdagi tarbiyaga bog`liqligi bilan belgilanadi. Va nixoyat, xayotning konkret xollarini xisobga olgan xolda axloqiy extiyojni xis-tuyguga, fikrlashiga bog`liqligi muhimdir.
Axloqiy fazilatlarni namoyon bo`lishi ijtimoiy burch tushunchasi bola ongiga qanday singdirilishiga bog`liq . Burch- bu jamiyat va jamoaning inson oldiga qo`ygan turli-tuman talablarini ifodalovchi tushunchadir. Ijtimoiy burch – keng ma’nodagi tushuncha bo`lib, bu odamiylik, vatanparvarlik burchi, kasb burchi, ota-ona oldidagi burchdir.
III. Yoshlarning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda umuminsoniy va milliy boyliklardan foydalanish muhimdir. Chunki umuminsoniy va milliy boyliklar xamda ularning shaxs shakllanishidagi roli axamiyatlidir. Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslangan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalashga asos bo`la oladi.
Milliy an’analar - xar bir xalqning ma’naviy xayotining maxsuli bo`lib, o`sha xalqning ijtimoiy fikri - milliy an’analarni ularning ma’naviy extiyojiga aylantiradi. Milliy an’analar yoshlarda ijtimoiy ongni tarbiyalaydi, ularning xar tomonlama kamolga yetgan inson bo`lib yetishishida muhim o`rin tutadi. U shaxs xarakterini ijobiy tomonga shaklantirishda faol ishtirok etadi, yoshlar mafkurasiga psixologik ta’sir qiladi.
IV. Bola shaxsini tarbiyalashda ijtimoiy foydali faoliyat xam muhim rol o`ynaydi. Chunki u tarbiyaning eng qulay sharti va vositasi xisoblanadi.
Ijtimoiy foydali faoliyat, mehnat tarbiya vositasi bo`lishi uchun:

  • bolaning mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo`lishiga;

  • ijtimoiy qiymatga ega bo`lgan foydali maxsulot mehnat natijasi bo`lishiga;

  • mehnat jamoa mehnati bo`lishiga;

  • u tashabusskor va ijodiy mehnat bo`lishiga;

  • mehnatda o`z-o`zini uyushtirish va mustaqil faollik ko`rsatishning xar xil shakllari qo`llanilishiga axamiyat berish kerak.

  • O`quvchilarning mehnati - ularning o`zlari uchun qiziqarli bo`lishi;

  • Bolaning kuchiga mos bo`lishi;

  • O`quv faoliyati bilan bog`liq bo`lishi;

  • Mehnat uchun jazolashga mutlaqo yo`l qo`yilmaslik kerak.

  • Shuni sinchiklab puxta, vijdonan bajarish mehnat anjomlarini asrash va tejashga o`rgatadigan bo`lishi lozim.

V. Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari.
VI. Tarbiyasi «qiyin» bo`lgan bolalar bilan ishlash:
a) ularning individual xususiyatlarini aniqilash;
b) qiziqsh va e’tiqodlarini xisobga olish;
v) tarbiyaviy usullarini tanlash;
g) tarbiyaning maxsus sharoitlarini aniqlash.
VII. Shaxsning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ma’naviy ong va xulq-atvor birligi muhimdir. Yoshlarni o`z-o`zini anglashi, yaxshi-yomon va adolatli-adolatsizlikni xis qilgan xolda uni o`z-o`ziga tatbiq qilishi, o`zini tarbiyalash tarbiyaning psixologik mexanizmini tashkil qiladi.
O`z – o`zini tarbiyalashda 4-ta vazifa nazarda tutiladi:

  1. O`zida shaxsning ijobiy xislatlarini taraqqiy etirishga va o`z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolis bo`lishga intilish.

  2. O`quvchiga o`z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo`lishiga, o`z xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan va oqilona tushunib olishida, o`z kamchiliklarini yaqqol ko`rishda, o`z nuqsonlarini faxmlab olishida yordamlashish.

  3. O`z-o`zini tarbiyalash rejasini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barxam berish kerakligini aniqilash.

  4. Tarbiyachi o`z-o`zini tarbiyalashning oqilona yo`llarini aniqilashi.

VIII. Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash
Vatanparvarlikni shakllantirishda:
A) Ona-vatanga muxabbat, uni sevish, e’zozlashga o`rgatish.
B) Mustaqil O`zbekiston tushunchasining mohiyatiini o`quvchilar ongiga singdirish.
V) Yoshlarni xalqimiz an’analariga, udumlariga, tili va madaniyati, ruxiyatiga xurmat bilan qarashga o`rgatish.
G) Buyuk daxolarimiz qoldirgan ma’naviy meroslarni asrab avaylash, ularning tarixini bugungi kun uchun axamiyatini idrok etish
D) Yoshlarda sog`lom kuch, sog`lom tafakkur, iymon-e’tiqodni uyg`otish
Ye) Vatan oldidagi mas’uliyat, millat manfaati uchun kurashning mohiyatiini anglash.
J) O`quvchilarda unib o`sgan yurtiga, voyaga yetkazgan ota-onasiga va ta’lim-tarbiya bergan ustoziga ta’zim qilish malakasini shakllantirish.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling