Umumiy psixologiya kafedrasi
Interfaol o‘qitish usullari (Activity)
Download 407.11 Kb.
|
AMALIY ISHLANMA 2-s uchun 2020-2021[1]
Interfaol o‘qitish usullari (Activity)Amaliy mashg‘ulotlarda interfaol o‘qitish usullari qo‘llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan. «Tushunchalar tahlili» usuli. Talabalar tushunchalarni dastlab yakka tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O‘qituvchi jamoaning fikrini yo‘naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Talabalar o‘z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi. «Zinama-zina» usuli. Talabalar mavzu bo‘yicha yakka tarzda fikrini grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog‘onalar tarzida ilib boriladi. “Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o‘z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo‘ylab bir- biriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o‘zlariga qaytib keladi. Guruhlar o‘z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi. «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o‘z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so‘ng yana o‘z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o‘rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko‘rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi. «Muammo» usuli. Dastlab muammoli videolavha ko‘rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin ularning echimlarni o‘zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo‘yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi. «Labirint» usuli. O‘qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo‘lib undan chiqish yo‘li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o‘rganiladi va taqdimot o‘tkaziladi. FSMU usuli. Talabadan o‘z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko‘rsatish; M – sababni asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish. «Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o‘rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi va oxirida o‘z munosabatini bildiradi. 1-amaliy mashg‘ulot MAVZU:SEZGI (2 soat) REJA: Sezgi haqida tushuncha. Sezgi turlari. Sezgining xususiyatlari va tavsifi. Sensor adaptatsiya va sezgilarning o‘zaro ta`siri. Sezgining rivojlanishi. Mashg‘ulotning borishi 1-topshiriq: “Sezgi”ga klaster tuzing Mashg’ulotda ko’rib chiqiladigan savollar: Sezgi deb nimaga aytiladi? Sezgi turlarini sanab bering. Sezgilarning fiziologik asosini nima tashkil etadi? Ko’rish va eshitish sezgisi xaqida gapiring. Taktil sezgilar qanday sezgilar? Organik sezgilarning roli nimada? Tayanch-harakat sezgilari xaqida gapiring. Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Sezgi deb nimaga aytiladi? Butun a’zolarimizda joylashgan sezuvchi reseptorlarga Sezgi organlarimizga ta’sir etib turgan narsalaridagi ayrim hossalarining aks etishiga Yaxlit holda aks ettirishga Idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa, hodisalarga 2.Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan ko’zg’alishiga qarab 3 guruhga ajratiladi. Ular - Shartli, shartsiz, tormozlanish Tormozlanish, qo’zg’alish, instinkt Eksteroreseptorlar, propreoreseptorlar, interoreseptorlar Shartli, shartsiz, qo’zg’alish va tormozlanish 3.Ko’rish sezgisining organi – Bosh miya Nerv sistemasi Ko’z Chanoq 4.Sezgi turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? Ko’rish, eshitish Hid bilish, ta’lim bilish Organik, teri, muskul harakat Hammasi to’g’ri Foydalanish uchun adabiyotlar: G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil 2-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:IDROK (2 soat) REJA: Idrokning umumiy tavsifnomasi. Idrokning nerv-fiziologik asosi. Idrok xususiyatlari va turlari. Idrokning individual farqlari va uning rivojlanishi. Idrokda predmet va fon. Fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish. Mashg‘ulotning borishi Idrok so‘ziga klaster tuzing Mashg’ulotda ko’rib chiqiladigan savollar: Idrok haqida tushuncha bering. Idrokning nerv-fiziologik asosi nimadan iborat? Kuzatish va kuzatuvchanlik nima? Idrokda ob'ekt va fon deganda nimani tushunasiz? Appersepsiya nima? Illyuziyani ta’riflab bering. Gallyusinasiya nima? Idrokning tasnifini keltiring. Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Idrokning ta’rifini toping Narsa va hodisalarni yaxlit holicha bilish idrok deyiladi Sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishiga idrok deyiladi Sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan voqyealarning ongda bevosita aks etishiga idrok deyiladi. Narsa va hodislarning ongimizda aks etishiga idrok deyiladi 2.Idrok necha xil bo’ladi? 2 xil (oddiy va murakkab) 3 xil (oddiy, murakkab, aktiv) 4 xil (oddiy, murakkab, aktiv, ixtiyoriy) 5 xil (oddiy, murakkab, aktiv, ixtiyoriy, ixtiyorsiz) 3.Vaqt, fazo, harakat – qaysi idrokka kiradi? Oddiy idrok Murakkab idrok Yaxlit idrok Ixtiyorsiz idrok 4.Illyuziya nima? Yanglish idrok Yaxlit idrok Hayoliy idrok Ko’zga ko’rinish 5.Esda olib qolish, esda saqlash va esga tushurish qaysi jarayonni hosil qiladi? Sezgilarni Idrokni Xotirani Diqqatni 6.Esda olib qolish 2 xil bo’ladi. Ularni aniqlang. Mexanik, logik Ixtiyoriy, ixtiyorsiz O’xshash, qarama-qarshi Ixtiyoriy – o’xshash Foydalanish uchun adabiyotlar: 1.Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil 2.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil 3-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:XOTIRA (4 soat) REJA: Xotira haqida tushucha va tavsifi. Xotira turlari. Xotira jarayonlari va mexanizmlari. Xotiradagi individual farqlar va rivojlanishi. Xotira so‘ziga klaster tuzing Mashg’ulotda ko’rib chiqiladigan savollar: 1.Xotira haqida tushuncha bering. 2.Xotira nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi? 3.Xotira turlarini sanab bering. 4,Xotira jarayonlari nimalardan iborat? 5.Xotiradagi individual farqlar deganda nimani tushunasiz? 6.Xotira tasavvurlari nima? 7.Xotira borasidagi nazariyalar xaqida fikringiz. Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Esda olib qolish, esda saqlash va esga tushurish qaysi jarayonni hosil qiladi? Sezgilarni Idrokni Xotirani Diqqatni 2.Esda olib qolish 2 xil bo’ladi. Ularni aniqlang. Mexanik, logik Ixtiyoriy, ixtiyorsiz O’xshash, qarama-qarshi Ixtiyoriy – o’xshash 3.O’smirlarda qanday xotira yetakchi o’rinda turadi? Mexanik xotira Mantiqiy xotira Esga olish Esga tushirish 4.O’smirlarda mexanik xotira ustun bo’lsa nima bo’ladi? Xotira sustlashadi O’smir ta’lim olishda ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. Xotira mustahkamlanadi Esga tushirish, esda olib qolish yaxshilanadi. Foydalanish uchun adabiyotlar: G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil 4-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:XAYOL (2 soat) REJA: Xayol haqida tushuncha Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari Xayol jarayonlari Xayol turlari Xayol sifatlari Xayolning asosiy xususiyatlari Mustahkamlash uchun savollar: Xayol haqida tushuncha bering. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari nimadan iborat? Xayol jarayonlari xaqida gapiring. Xayol turlarini sanab bering. Xayol sifatlariga nimalar kiradi? Xayolning asosiy xususiyatlarini nimalar tashkil etadi? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil Xayol haqida tushuncha Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi. 5-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:TAFAKKUR (4 soat) REJA: Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur nerv-fiziologik asosi Tafakkur operasiyalari Tafakkur shakllari Tafakkur turlari Tafakkur sifatlari Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar Tafakkur so‘ziga klaster tuzing 1.Tafakkur bu - Inson aqliy faoliyatining yuksak formasidir Voqyealikning umumlashtirib aks ettirishidir Narsa va hodisalarning eng muhim bog’lanish va munosabtlaridir Insonning fikr qilish faoliyati jarayonidir 2.Tafakkur operasiyalarini aniqlang. Hukum va xulosa, analiz va sintez Tushuncha, hukm, xulosa, analiz, sintez Taqqoslash, analiz – sintez, abstraksiya, umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya Umumlashtirish, konktretlashtirish, analiz, sintez, tushuncha, hukm, xulosa, ixtiyorsiz, ixtiyoriy 3.Tushuncha, hukm xulosa tafakkurning Operasiyalari Formalari Turlari Xillari 4.Tafakkur turlarini aniqlang Ixtiyorsiz va ixtiyoriy Konkret va abstrakt Nazariy va amaliy Ijobiy 5.Tafakkurning mustaqilligi, sertashabbusligi, pishiqligi, tanqidiyligi mahsuldorligi, tezligi – bu tafakkurning - Turlari Xillari Formalari Sifatlari 6. O’smir tafakkurining rivojlanishi nimaga bog’liq? Muhitdagi voqyea – hodisalarga Beriladigan ta’lim – tarbiyaga Oiladagi muhit va ota – onaga O’qish prosessining murakkabligiga Mustaxakamlash uchun savollar: Tafakkur haqida tushuncha bering. Tafakkur nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi? Tafakkur operasiyalarini sanab bering. Tafakkur shakllari nimalardan iborat? Tafakkur turlarini keltiring. Tafakkur sifatlariga nimalar kiradi? Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalarni asoslang. Foydalanilgan adabiyotlar: Goziyev «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent – O’qituvchi – 1990y. 6-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:NUTQ (2 soat) REJA: Muloqot haqida tushuncha va muloqotning kommunikativ tomoni. Nutq haqida tushuncha. Nutqning fiziologik asoslari. Nutqni o‘rganishga nazariy yondashuv. Nutqning turlari. Nutqning rivojlanishi. Mustaxakamlash uchun savollar: Muloqot nima? Muloqotning asosini nima tashkil etadi? Nutq qanday jarayon va uning fiziologik asosini nima tashkil etadi? Nutq turlarini sanab bering. Nutqning rivojlanishi nimalarga bog’liq? 1.Nutq qanday vosita ? Ifodalash, bildirish, ta’sir etish Gapirish, sayrash, qichqirish Tovush chiqarish, so’zlash Harakat, niyat, maqsad - muddao 2.Nutqning anotolik – fiziologik asosini nima tashkil etadi? Bosh miya po’stidagi alohida markazlar faoliyati va nutqqa oid muskul opparati Bosh miya katta yarim sharlarining po’stloq qismi va ko’zg’alish jarayoni Markaziy nerv sistemasi va qo’zg’alish, tormozlanish jarayonlari Nerv sistemasi va muskul opperati 3.Bajaradigan vazifasiga qarab nutq 2 xil bo’ladi: Ichki va tashqi Og’zaki va yozma Aktiv va passiv Ixtiyorsiz va ixtiyoriy 4.Boshlang’ich sinfda bolaning nutqining rivojlanishida nima ko’proq yordam beradi? O’qituvchining berayotgan ta’lim – tarbiyasi Sinf jamoasi bilan munosabat O’qish, yozish O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabat 7-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:IRODA (2 soat) REJA: Iroda haqida tushuncha Irodaning nerv-fiziologik asoslari irodaviy akt va uning tuzilishi Shaxsning irodaviy sifatlari Iroda borasidagi nazariyalar Mustahkanlash uchun savollar: 1.Irodaviy harakatlar haqida tushuncha bering. 2.Iroda borasidagi psixologik nazariyalar xaqida nima bilasiz? 3. Irodaviy harakatlarning fiziologik motivatsion asoslarini nima tashkil etadi? 4. Irodaviy harakat tuzilishi va rivojlanishini gapiring. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil 8-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:HISSIYOT (2 soat) REJA: Hissiyot haqida tushuncha Hissiyotning nerv fiziologik asosi Inson va hayvonlardagi emosiyalar Hissiy holatlarni ifodalanishi Hislarni kechirish shakllari Yuksak hislar Mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun savollar: Hissiyot haqida tushuncha bering. Hissiyotning nerv fiziologik asosini nimadan iborat? Inson va hayvonlardagi emosiyalarning farqi nimada? Hissiy holatlarni ifodalanishini aytib bering. Hislarni kechirish shakllari nimalardan iborat? Yuksak hislarga qanday hislar kiradi? УЗИНГИЗНИ КАНДАЙ ХИС КИЛЯПСИЗ? 1.Уз коматингиздан мамнунмисиз? а) ха-5 в) баъзан - 10 с) йук - 0 2.Юз, кул, терингиз, рангингиз узингизга ёкадими? а) ха-5 в) баъзан-10 с) йук-0 3.Семизликка мойилмисиз? а) вактига караб-5 в) ха-0 с) йук-10 4.Ошкозонингиз безовта килмайдими? а) баъзан-5 в)тез-тез-0 с) йук-10 5.Прическангизга ахамият билан карайсизми? а) баъзан-5 в) хар доим-10 с) йук-0 6.Спорт билан шугулланасизми? а) баъзан-5 в)тез-тез-10 с) йук-0 7.Эрталаб енгил уйгонасизми? а) качон кандай-5 в) доим енгил-10 с) кийналаман-0 8.Сиз кандай кийимларни ёктирасиз? а) жуда замонавий-5 в) кулай-10 с) коматни курсатадиганини-0 9.Кандай оёк кийими киясиз? а) баланд пошнали-5 в)паст пошнали-10 с)пошнасиз-0 10.Косметикадан фойдаланасизми? а) баъзан-1 в)доимо-5 с)йук-0 11.Аэробика (гимнастика) билан шугулланасизми? а)баъзан-3 в)тез-тез-19 с)йук-0 12.Вазнингиз кандай? а)нормадан паст-20 в)нормада-10 с)нормадан юкори-5 13.Ориклаш учун пархез киласизми? а)баъзан-10 в)йук-20 с)тез-тез-0 14.Сиз хар доим вазминмисиз? а)хеч качон-0 в)хар доим-20 с)камдан кам-10 15.Соглигингиздан шикоят киласизми? а)булиб туради-5 в)доимо-0 с)хеч качон-10 16.Кайфиятингиз тез-тез бузилиб турадими? а)йук,куп эмас-10 в)тез тез-0 с)камдан-кам-10 17.Совукка бардошлимисиз? а)менга барибир-10 в)жудаям-0 с)озгина-0 18.Узингизнинг юришингиздан мамнунмисиз? а)йук-0 в)ха-20 с)булади-5 19.Сиз шамоллаб колдингиз, шунда нима киласиз? а)врачга бораман-20 в)уйда даволанаман-10 с)оркага ташлаб куяман-15 20.Сиз чекасизми? а)баъзан-5 в)ха-0 с)йук-20 21.Кофе ичиб турасизми? а)камдан-кам-10 в) тез-тез-2 с)унчалик куп эмас-5 22.Бошингиз тез-тез огриб турадими? а)тез-тез-0 в)баъзан-5 с)йук-10 23.Зинапоядан тез кутарилганингизда нафасингиз сикилмайдими? а)ха-0 в) баъзан-5 с)йук-0 24.Тиш докторида йилда неча марта буласиз? а)2 марта-10 в)1 марта-5 с)хеч качон-0 25.Уйкудан олдин сайр килишги чикасизми? а)хар доим-15 в)баъзан-5 с)хеч качон-0 Агар:
ахвол шундай давом этса, касал булиб колишингиз мумкин.Маслахат бера- миз, йуналишни узгартиринг. 56-155 очко булса, бу хам коникарли эмас.Организм яхши парваришни талаб килади.Келажакда узок умр куришни хохласангиз узингизни урганиб чикинг. 156-255 очко булса, унчалик ёмон эмас, чидаса булади.Лекин узингиз- га керагини эсдан чикарманг. Сиз доимийликни, узингизнинг соглигин- гизни уйланг.Шундагина сиз ёш ва узоз-узок яшайсиз. 255 очкодан юкори булса, бу аъло даражада.Биз сизга хавас киламиз. Сизнинг ишларингиз, "соглом танда, сог акл". Mavzu yuzasidan test: 1.Xissiyot 2 xil bo’ladi. Yaxshi va yomon Ixtiyorsiz va ixtiyoriy Xush va noxush Ijobiy va salbiy 2.Hissiyotning turlarini toping. Kayfiyat, ehtiros, ruhlanish, affekt Intellektual, ma’naviy, uyalish, vijdon Estetik, vatanpavralik Taajjublanish, hayron qolish, ishonch 9-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:SHAXS YO’NALGANLIGI VA FAOLIYAT MOTIVI (2 soat) REJA: Shaxsning faolligi Shaxsning malaka va odatlari Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlili Mustaxakamlash uchun savollar: Shaxsning faolligi nima? Shaxsning malaka va odatlarini gapirib bering. Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlilinikeltiring. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001 Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002. David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS Topshiriq:Faoliyat natijalarini bilish malakasining shakllanishiga ta’sirini tekshirish. Zarur materiallar: Millimetrlarga bulingan lineyka. Topshiriqning bajarilishi: Eksperementator lineykaning 1sm, 6 sm va 11 sm o‘lchovlariga uchta aniq ko‘rinarli chiziqcha chizadi. Tajribaning birinchi turida sinaluvchi qalamning uchi bilan lineykaga biriktirilgan belgini birinchi ko‘rsatgich (1sm)dan ikkinchi ko‘rsatgich (6sm)gacha surib boradi. So‘ngra ko‘zni yumgan holda belgini uchinchi ko‘rsatgich (11sm)gacha surib borishi lozim. Topshiriqning natijasi sinaluvchiga ko‘rsatilmagan holda eksperimentator tomonidan shartli belgilar (“Q`` ,``-``.)yordamida aks ettirib boriladi. Tajriba 15 marta takrorlanadi. Download 407.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling