Umumiy psixologiya kafedrasi
Download 407.11 Kb.
|
AMALIY ISHLANMA 2-s uchun 2020-2021[1]
III. ISH O‘YININING TUZILISHI
1. O‘yinning rahbari vazifa qo‘yadi, sharoitni hamda o‘yinning qoidalari, ishtirokchilarning vazifalarini tanishtiradi. 2. O‘yinning har bir ishtirokchisi individual ravishda hech kimdan maslahat so‘ramasdan o‘zining fikrini asos qilib, mustaqil echimini topadi. 3. Guruhning ishtirokchilari o‘zaro muloqotdan keyin umumiy echimini berishi kerak. 4. O‘z navbati bilan har bir guruh topgan echimini o‘qib beradi, boshqa guruhlar opponent rolini o‘ynaydi va o‘zaro muloqot o‘tkaziladi. 5. Rahbar o‘yining natijasini taxlil qilib, baholarni xisoblab chiqadi, uning g‘oliblarini ma’lum qiladi. IV. O‘YINNING MODELI 1. Rahbar o‘yining maqsadini tushuntirib beradi, ishtirokchilarni guruhlarga bo‘ladi, blankalar tarqatadi, uning qoidalarini hamda yakuniy vaziyatni aytib beradi. 2. Berilgan blankalarda ishtirokchilar individual qabul qilgan echimini «*» belgisi bilan belgilaydilar. 3. Guruh qabul qilgan echimni blankaning o‘z jadvlida «*» belgisi bilan belgilanadi. 4. Rahbar o‘zining blankasida ishtirokchilarning individual va guruhning echimini belgilab, doskada axborot uchun ishning natijasini qayd qiladi. 5. Berilgan natijalar bo‘yicha guruh muloqoti. 6. Guruh muloqotidan keyin hamma o‘znnig echimini tuzatish uchun bir daqiqa beriladi. Ishtirokchilar qabul qilgan fikrlarni o‘zgartirishni darxol rahbariga ma’lum qiladilar. Natijalar rahbarning blankasiga va doskaga tushishi kerak. qaysi bir guruhning echimi tuzatish paytida qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha guruhga qo‘shimcha bir ball beriladi. 7. Ishbilarmonlik xarakter xususiyatini o‘zi baholash ishtirokchilarning blankida o‘ziga xos bo‘lgan 6 ta fazilatni to‘g‘ri keladigan grafada «*» belgisi bilan bildirilishi kerak. 8. Ishtirokchi rahbar yordami bilan o‘zining xarakteri qaysi turga qarashliligini aniqlab oladi (ijodiy, boshqaruvchan va tashkilotchilik). Natijalar rahbarning blankiga va doskaga yoziladi. 9.O‘yin bo‘yicha olingan umumiy natijaning taxlili jadval bo‘yicha doskada hamma ishtirokchilar uchun o‘tkaziladi, uni yakunlash liderni aniqlash. Ba’zan o‘yining maqsadi bo‘ycha shunday taxlil natijalarini aytmasdan turib rahbarning blankiga ezib qo‘yiladi. SHunda o‘yin guruhning olgan o‘rni bilan qancha tashkilotchi borligini aniqlash va baxs bilan tugallanadi. V. O‘YINNING REGLAMENTI O‘yin bir davrda o‘tkaziladi. O‘yinning har bir bosqichi bo‘yicha tahminan ketadigan vaqt: -rahbarning kirish so‘zi-20 min. -ishtirokchilarning individual ishi-10 min. -guruhning bir qarorga kelishi-10 min. -guruh baxsi-20 min. -shaxsning o‘z-o‘zini baholashi-10 min. -natijaning taxlili va yakunlanish-20 min. Hammasi bo‘lib o‘yinga 1soat u, 30 minut (2x45) ketadi. Guruh №___________ qatnashchi__________ “JAMOADA JAMOAT ISHLARINI TASHKIL ETISH” ISH O‘YINI QATNASHCHISINING VARAQASI
Menejer uchun uning o‘z imkoniyatlarini ochishga qaratilgan anketadan tashqari, unga qaratilgan (yo‘naltirilgan) varaqa ekspert baholash muxim ahamiyat kasb etadi. Ekspert baholashga yo‘naltirilgan anketa har xil vaziyatlarni o‘rganishga mo‘ljallanganligi tufayli qo‘l ostidagi (tobe) kishilar tomonidan uning muomalasi, faoliyati samaradorligi, xulq-atvori, xususiyati, shaxsiy, irodaviy, emotsional, kognitiv, regulyativ xislatlari yuzasidan munosabat bildirish, baho berish orqali xarakterologik, etnopsixologik materiallar to‘plashga imkon yaratadi. qo‘l ostidagi hodimlarni baholash tizimi o‘zining ob’ektivligi bilan boshqa mezonlar majmuasidan tafovutlanadi. Ayniqsa baholash sirtdan o‘tkazilishi empirik ma’lumotlar ishonchliligi, validligi, reprezentativligi ko‘rsatkichlariga kafolat beradi. Menejerning varaqaga bergan javoblari yigindisi bilan ekspert bahosi natijalari umumlashtirilsa, tekshiruvning ilmiylik darajasi yanada ortadi.Hodimlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan anketa o‘z yo‘riqnomasiga binoan turlicha vaziyatlarni aniqlashga hizmat qiladi. SHuningdek, guruh yoki jamoadagi munosabatlar majmuasi bo‘lmish psixologik muxit moxiyatini ochadi, jipslik, hamdardlik, o‘zaro hurmat, empatiya, attraksiya, simpatiya, hamkorlik, o‘zaro yordam, praksik yuksak xis-tuygular xolatini tavsiflaydi. Menejment psixologiyasi asoslari ko‘rsida ekspert baholash metodi muxim ahamiyat kasb etadi. Ekspert baholash metodining moxiyati shundan iboratki, menejer faoliyati, shaxsiyatiga beriladigan tashqi baho hamkasabalari, yordamchilari.qo‘l ostidagi hodimlari, jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert baholash keng qamrovli bo‘lib, u o‘z ichiga menejerning turli sohadagi faoliyati yutugi (muvaffaqiyatsizligi), shaxslararo munosabati maromi, odobi (takti), shaxsiy fazilatlari (illati), xissiy kechinmalari, irodaviy sifatlari, fikrlash uslubi, qaror qabul qilish taktikasi va strategiyasi kabi ijtimoiy psixologik jabxalarni qamrab oladi. Ekspert baholashning muxim tomoni shundan iboratki, aksariyat xollarda mazko‘r jarayon ob’ektivlik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, u tanqidiy endashuvni o‘ziga mujassamlashtiradi, muayyan darajada qat’iy dalillash unda ustuvorlik qiladi. Masalan, menejerning kim ekanligi uning qo‘l ostidagi hodimlar, hizmatchilar tomonidan baholanishi aksariyat xollarda aniq, xaqchil, odilona hamda umumlashgan tarzda amalga oshiriladi. Bu masalani yanada oydinlashtirish uchun test savollari, so‘rovnoma singari tekshirish, sinov mezonlaridan foydalaniladi.Menejer yoki mutaxassisni “o‘ta ishchan yoki iste’dodli” deb baholash ekspertlarning umumiy fikrlarini o‘zida mujassamlashtiradi.Ko‘pchilikning unga nisbatan iliq, samimiy (garazgo‘y) munosabati oqillikni o‘zida aks ettiradi. Ekspert baholash metodini qo‘llash orqali rahbar kadr yoki hizmatchilar to‘g‘risida muayyan darajada ma’lumotlar to‘plash imkoniyati tugiladi va ularning asosida psixologik tavsif yaratilishi mumkin. SHuning bilan birga insonlarda uchraydigan nuqsonlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga zamin xozirlanadi. Mavzu yuzasidan test: O’smir shaxsining tarkibi topishida qaysi faoliyat yetakchi hisoblanadi? Mehnat faoliyati O’yin faoliyati O’qish faoliyati Mehnat, o’qish faoliyati 10-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:QOBILIYAT (2 soat) REJA: Qobiliyat haqida tushuncha Qobiiyatlarning miqdor va sifat tavsifi Qobiliyatlar tasnifi Qobiliyatlar tarkibi Qobiliyatlarning tabiiy asoslari Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar Mustaxakamlash uchun savollar: Qobiliyat haqida tushuncha bering. Qobiiyatlarning miqdor va sifat tavsifini keltiring. Qobiliyatlar tasnifi qanday? Qobiliyatlar tarkibini tushuntiring. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari nimalardan iborat? Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi xaqida nima bilasiz? Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalarni sanab bering. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. o’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo’ladi. Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va mukammallashgan bo’ladi. Shuning bilan birga ko’nikma va malalakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko’nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning o’zginasidir. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo bo’lishi jarayonida shakllanadi. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba'zi ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o’ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir. 11-amaliy mashg‘ulot: MAVZU:TEMPERAMENT (4 soat) REJA: Temperament haqida tushuncha Temperamentning fiziologik asoslari Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi Temperament tiplarining tavsifnomai Faoliyaning individual uslubi va temperament Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001 Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002. David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p. Mustaxakamlash uchun savollar: Temperament ta’rini keltiring. Temperamentning fiziologik asoslari nima? Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi xaqida nima bilasiz? Temperament tiplarining tavsifnomasi qanday? Faoliyatning individual uslubi va temperamentni taqqoslang. Temperament so‘ziga klaster tuzing Download 407.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling