SANGVINIK TEMPERAMENT. Bu temperamentdagi kishilarda huzur-halovat ko’rishga intilish kuchli, hissiyot tez qo’zg’aladi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi. U o’zining ko’ngliga yoqqanini qiladi, boshqalar bilan tezda do’stlashadi, ammo mayli tez o’zgaradi, jahli tez chiqadi va tez qaytadi. Bu temperamentdagi shaxs va’da beradiyu, bajarishni unutib qo’yadi. Sangvinik har narsaga tez ishonaveradi, reja tuzadi, lekin tezda undan voz kechadi. Melanxolik temperament Bu temperamentdagi shaxslar g’ussaga juda moyil bo’ladilar, oson hayajonlanadilar. Ulardagi noxush xislar yoqimli hislarga nisbatan tez sirtga chiqadi va uzoq davom etadi. “melayna xole” “qora safro” ma`nosini bildirib,kishining g`amginligini ko`rsatadi. Passiv, hayolparast, nutqi past va sekin, dilidagini ochiq ayta olmaydigan inson. Flegmatik temperament. Bu temperamentdagi shaxs hissiyotga tez berilmaydi. Bu temperamentdagi shaxslar bosiq bo’lib, o’zini bemalol tuta oladi va buning uchun hech qanday jismoniy kuch sarf qilmaydi. Flegmatik temperamentdagi shaxslar jo’shqin va chuqur xissiyot ta’siriga berilmaydilar, o’z faoliyatlari uchun darhol qaror qabul qila olmaydilar. Ular og’ip, arz-holini hadeb aytavermaydigan, azob-uqubatlarni sekin o’tkazadigan, boshqalarning azob-uqubatlariga parvo qilmaydigan bo’ladilar. .
Do'stlaringiz bilan baham: |