Umumiy psixologiya va pedagogika fanidan O’zlashtirma ishi


Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha


Download 23.45 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi23.45 Kb.
#1059793
1   2   3
Bog'liq
Sh. Usmonov 19.10.2022 O\'zlashtirma ish

Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha:
1.Determinizm tamoyili;
2.Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3.Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili ishlab chiqildi.
Determinizm tamoyiliga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o`zgarishi bilan o`zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa paydo bo`lishi, shakllari, taraqqiyoti, moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari - ijtimoiy taraqqiyotning qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko`ra, ong va faoliyat bir - biriga qarama - qarshi ham,aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashqil etadi. Ong faoliyatning ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq - atvori, xatti - harakatlari va faoliyatini o`rganish orqali xatti - harakatlaridan ko`zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta`minlovchi ichki psixologik mexanizmlar, ya`ni psixikani ob`ektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko`ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to`g`ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vo`gotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlarning ishlarida aks etgan. L.S.Vo`gotskiy ta`lim psixikani rivojlanishini yo`naltiradi, P. P. Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o`yinlar bilan, o`spirinlik yoshida o`qish bilan bog`liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn “ong faoliyatda paydo bo`lib, faoliyatda shakllanadi” degan edi.
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi

Professor A.V.Petrovskiy psixologiyani quyidagi tasniflaydi:


I. Konkret faoliyat turiga;
II. Rivojlanishni o`rganishga;
III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan.
I. Konkret faoliyat turiga ko`ra psixologiyaning quyidagicha sohalari bor: 1. Mehnat psixologiyasi - inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi.
Mehnat psixologiyasining bir necha bo`limlari bor: 1) muxandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o`rganadi. 2) aviatsiya psixologiyasi - uchishga o`rgatish jarayonida va uchishni boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonunlarini o`rganadi. 3) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko`p ortiqcha ta`sirlar yuklangan paytda yuzaga keladigan asab va ruxiy zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan alohida holatlar tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi. 2. Pedagogik psixologiya - uning predmeti o`quvchilarga ta`lim - tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganish, o`quvchilar tafakkurini tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o`rganadi. Pedagogik psixologiya bo`limlari quyidagilardir: a) ta`lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o`qituvchi psixologiyasi; g) anomal bolalar psixologiyasi. 3. Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq - atvori psixologik jihatlarini o`rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlapr o`rtasidagi nisbatini o`rganadigan neyropsixologiyaga, dorivor moddalarning shaxs ruxiy faoliyatiga ta`sirini o`rganadigan psixofarmaqologiyaga, bemorni davolash uchun ruxiy ta`sir vositalarini o`rganuvchi psixoterapiyaga bo`linadi. 4. YUridik psixologiya — xuquq tizimiga amal qilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik masalalarni o`rganadi. U jinoiy jarayon ishtiroqchilarining xulq - atvorini, ruxiy xususiyatlarini tadqiq qiluvchi sud psixologiyasiga, jinoyatchining xulq -atvori shaxsini shakllanishiga doir psixologik masalalarni, jinoyatning motivlari bilan shug`ullanuvchi kriminal psixologiyaga bo`linadi. 5. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlari sharoitidagi xulq - atvorini, boshliqlar va xodimlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, psixologik targ`ibot metodlarini; harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o`rganadi. 6. Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatini xususiyatlarini - ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart - sharoitlari, musobaqalarni tashqil etish va o`tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o`rganadi. 7. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo`lib, kishilar ruxiyotiga tijorat ta`sirini, psixologik shart-sharoitni , xaridorlarga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.

II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari:


1. YOsh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonnining ontogenez rivojlanishni o`rganadi. YOsh psixologiyasi: bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi.
2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan chetlanishni o`rganuvchi patopsixologiya, miyaning tug`ma kamchiliklari tufayli paydo bo`ladigan bo`linmalarni o`rganuvchi oligofrenopsixologiyasi, eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalar rivojlanishini o`rganuvchi surdopsixologiyasi, ko`rish qobiliyati past yoki umuman ko`rmaydigan kishi faoliyatini o`rganuvchi tiflopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi.
3. Qiyosiy psixologiya - psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi psixologiya sohasi bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.

III. Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar.


1. Ijtimoiy psixologiya uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o`zaro ta`sir jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi.
2. Shaxs psixologiyasi - shaxsning shakllanishi individual - psixologik xususiyatlar yo`naltirilganligi kabi xususiyatlarni o`rganadi.
3. Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning ta`siri va masalalarini o`rganadi.

Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorga qo`yish noto`g`ri, chunki umumiy psixologiya inson ruxiyatining umumiy qonuniyatlarini, metodologik va nazariy tamoyillari asosida o`rganish bilan shug`ullanadi




Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling