Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq to‘lash


Download 154.93 Kb.
bet104/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

243-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq to‘lash
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to‘liq bo‘lgan chog‘da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to‘lanadi.
Korxonalarda o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to‘lanadi.
244-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga yillik mehnat ta’tili berish
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga kamida o‘ttiz kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi va ular bu ta’tildan yoz vaqtida yoki yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin.
Basharti ta’til berilayotgan yil xodim o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar va to‘lgandan keyingi davrlarni o‘z ichiga olsa, ta’tilning muddati o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan ish staji uchun — o‘ttiz kalendar kun hisobidan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyingi ish staji uchun esa, — umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 142-moddasi.
245-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishning taqiqlanishi
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122, 124, 129 va 130-moddalari.
246-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning qo‘shimcha kafolatlari
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 16-bandining birinchi, beshinchi xatboshilari.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling