Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari


Download 154.93 Kb.
bet112/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

269-modda. Bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari
Mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqiladi:
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa;
2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;
3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa;
4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa;
5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa;
6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash to‘g‘risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxs yetkazgan zarar iqtisodiy nizoni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar tomonidan ham ko‘rib chiqiladi.
(269-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
270-modda. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari
Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 2 va 3-bandlari.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling