Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Mehnat nizosini ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazish va mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan shikoyat qilish


Download 154.93 Kb.
bet111/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

267-modda. Mehnat nizosini ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazish va mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan shikoyat qilish
Basharti mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida tuman (shahar) sudiga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud bu muddatni uzrli sabablarga binoan o‘tkazib yuborilgan deb e’tirof etgan holda, o‘tkazib yuborilgan bu muddatni tiklashi va nizoni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 270-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 2 va 3-bandlari.
268-modda. Mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi
Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:
1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi, Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.5-bandi.
2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 10-bandining birinchi, yigirma to‘rtinchi xatboshilari.
3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 207-moddasi.
4) prokuror.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasining birinchi qismi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling